Namangan Davlat Universiteti Yuridik fakulteti yurisprudensiya yo’nalishi kechki ta’lim 2-kurs K. Yu. Fu-20 guruh talabasi Bo’riboyev Humoyunbekning Jinoyat huquqi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish


Download 245.91 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi245.91 Kb.
#1154355
1   2   3   4
Bog'liq
Javobgarlikdan va jazodan ozod qilish

Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish: a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga; b) o‘ta xavfli retsidivistga; v) uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilariga; g) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, o‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg‘in qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan material va uskunalarni, kontrabanda qilish uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish Ozodlikdan mahrum etilgan, ozodligi cheklangan yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishi mumkin.

Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish mahkum: a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismini; b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini; v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.

Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish Hukm etilgan shaxs amnistiya akti yoki afv etish asosida asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazolardan ozod qilinishi yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinishi yoki unga tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin. Agar amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoxud jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan shaxs jazoning o‘talmay qolgan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo tayinlaydi.


Download 245.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling