Namangan davlat unversiteti


Download 224.37 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi224.37 Kb.
#1127147
  1   2   3
Bog'liq
HUQUQNI MUHOFAZA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNVERSITETI
MUSIQA TA’LIMI VA MADANIYAT FA’KULTETI
VOKAL SAN’ATI AN’ANAVIY HONANDALIK YO’NALISHI
1-BOSQICH VKS-AU-20 GURUX TALABASI
YUSUFJANOV AZIZBEKNING
“O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” FANIDAN
R EFERATI

Mavzu: Huquqni muhofaza qiluvchi organlar

I.KIRISH

II.ASOSIY QISM

1 Sud hokimiyati, uning tuzilishi va vakolatlari.

2. O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi


3.Prokuratura: vazifalari, tuzilishi va faoliyatining asosiy yo’nalishlari

III.XULOSA


IV.Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH

Huquqni muhofaza qilish organlari - sud, prokuratura, adliya, davlat xavfsizlik xizmati, soliq, bojxona, shuningdek, advokatura, Interpolning Milliy markaziy byurosi (MMB), korxonalardagi yuridik xizmatning paydo bo’lish va rivojlanishi tarixi hamda zamonaviy tuzilishi ushbu kursning o’rganish predmetidir. Ushbu fanda davlatning o’tish davridagi huquqni muhofaza qilish faoliyati, huquqni muhofaza qilish organlari va muassasalarining paydo bo’lishi, rivojlanishi, ularni tashkil etish prinsiplari ko’rib chiqiladi. Ularning vazifalari, tashkil bo’lish tartibi, tarkibi, tizimi hamda tuzilishi batafsil o’rganiladi.


O’rganish predmetiga huquqni muhofaza qilish organlarining tuzilishi, konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliya, jinoyat-protsessual va boshqa bir qator huquq sohalari ham kiradi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq normalarida O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va davlat tuzilishi, butun davlatning huquqni muhofaza qilish mexanizmini, jumladan, uning muhim organlari bo’lgan sud va prokuratura organlarini tuzish belgilab berilgan.
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida alohida o’quv fani sifatida o’rganilayotgan davlat xizmati tizimida sud va prokuratura muhim o’rin egallaydi. Shu munosabat bilan, ularning o’rni, o’ziga xosligi, sud va prokuratura haqidagi konstitutsiyaviy huquq normalarining maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqib, konstitutsiyaviy huquqning sud tuzilishi va prokuror nazorati degan kichik tarmoqlari vujudga keldi. Ularning predmeti sud va prokuraturani tashkil qilishni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy huquq sohasidir. Biroq sud tuzilishi haqidagi normalar faqat sudlarning tuzilishini tartibga soladi. Ularning odil sudlovni amalga oshirish bo’yicha faoliyati esa huquqning mustaqil sohalari bo’lgan jinoyat-protsessual va fuqarolik-protsessual huquq tomonidan batafsil tartibga solingan. Ushbu kursda esa odil sudlov haqidagi umumiy qoidalar keltirilgan.
Prokuror nazorati haqidagi normalar faqat prokuraturaning tuzilishinigina emas, balki faoliyatini ham tartibga soladi. Ichki ishlar vazirlgi o’quv yurtlarida alohida «Prokuror nazorati» degan fan o’rganilmasligini hisobga olib, ushbu kursda prokuraturaning tuzilishi va faoliyat tartibi kengroq yoritilgan.
Konstitutsiyaviy huquq normalarida, ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ho’jalik sudi, harbiy sudlar, adliya, advokatura va korxonalardagi yuridik xizmatlarning vazifasi mustaxkamlab qo’yilgan, shuningdek, davlat mexanizmida Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxna qo’mitasi kabi huquqni muhofaza qilish organlarining bo’lishi ko’zda tutilgan. Shundan kelib chiqib, ushbu organlar va tashkilotlarga tegishli konstitutsiyaviy huquq normalari mazkur kursning o’rganish predmeti hisoblanadi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining davlat organlari tizimidagi o’rni shu bilan belgilanadiki, ular davlatning huquqni muhofaza qilish funksiyasini bajarish uchun maxsus yaratilgan. Bu ularning asosiy va bosh vazifasidir. Shu bilan huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyati boshqa davlat va boshqaruv organlarining funksiyasidan ajralib turadi. Bu ularning davlat organlari bilan aloqasini istisno qilmaydi, lekin huquqni muhofaza qilish organlarining mustaqilligini talab qiladi.
Shu bilan birga, ba’zi mualliflar haqli ravishda ta’kidlaydilarki, totalitar davlatchilikni baholashda sovet sotsialistik davlatchiligi qaysi qoidalar asosida huquqiy davlat qurishning asoslariga yondashganliklarini obektiv tahlil qilish va unga jo’yali javob berish zarur. Bunday yondashuv totalitarizm tug’dirgan ko’plab ko’ngilsizliklarning oqibatini bartaraf qilishga yordam beradi.. Bunda shuni unutmaslik kerakki, aynan huquqni muhofaza qilish organlari totalitarizmning kuchli dastaklari edilar. Ularning o’zi xudi shundayin huquqiy davlat qurish qurollari ham, ushbu davlatning ajralmas qismi ham bo’lishlari mumkin.
«Huquqiy davlat» tushunchasini ishlab chiqishda asosiy e’tibor quyidagi belgilarga qaratilishi kerak: hkimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish; huquqning hukmronlik, davlatning huquqiy normalar bilan bog’liqligi, qonunning ustuvorligi; davlat va jamiyatning o’zaro mas’uliyati; shaxsiy va ijtimoiiy manfaatlarning mosligi; insonning sha’ni, qadr- qimmati, fuqaroning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, gumanizm, adolat va barchaning qonun oldida tengligi; umuminsoniy qadriyatlarni himoya qili shva mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar tomonidan qonunlarga aniq amal qilish.
Shubhasiz, huquqiy davlatning barcha jihatlarini chuqurroq tahlil qilish jarayonida uning ilgari hyech kimga ma’lum bo’lmagan xususiyatlari ochilib boraveradi. Bu xususiyatlar «qonuniylik», «qonunga itoatgo’ylik» kabi tushunchalar va ularni kundalik xayotga joriy qilish bilan chambarchas bog’liq.
Huquqiy davlat xukm, farmonlar fuqarolar fuqaroga nisbatan munosabatlarda qonunni aniq bajarishga ularni qanday majbur etsalar, fuqarolar xudi shunday tartibda ularni bajarishlari lozim bo’ladi. Ya’ni qonuniylik va huquq-tartibot huquqiy davlatning asosi bo’lmog’i kerak.

1 Sud hokimiyati, uning tuzilishi va vakolatlari.



Sud - hokimiyatning butun tarmog’ini tashkil etuvchi maxsus organ. Fuqarolarning huquqlarini qonunga zid ravishda buzuvchi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish mumkin.
Ma’muriyatning noto’g’ri xatti-harakati bilan bog’liq har qanday nizolarni ko’rib chiqishda sud ma’muriyati faoliyatining qonuniyligini tekshiradi. Noqonuniy bo’shatilgan xodimni ishga tiklash, yashash joyiga order noto’g’ri berilganligini tekshirish, fuqarolik holatlari noto’g’ri qayd etilganligi ustidan shikoyatni tekshirish jarayonida sud boshqaruv organlarining faoliyatidagi qonuniylikni tiklaydi. Bunday ishlar bo’yicha sud chiqargan qaror bu qaror yo’llangan boshqaruv organlari tomonidan bajarilishi shart.
Sudlar tashkilotlar o’rtasida xo’jalik shartnomalarini tuzish jarayonida kelib chiqqan nizolarni hal etadi, davlat organlarining aktlarini noqonuniy deb topadi, zararni undirish masalasini hal qiladi va h.k.
Ma’muriy va jinoiy ishlar bo’yicha odil sudlovni amalga oshirish ham qat’iyan sudlarning vakolatidir. Shuning uchun ular ma’lum ma’noda jamiyatdagi axloqiy-ruhiy muhitni shakllantiradilar.
O’zbekiston Respublikasi davlat organlari tizimida prokuratura alohida o’rin tutadi. U mamlakatimizning butun hududida qonunlarning fuqarolar, mansabdor va yuridik shaxslar tomonidan bir xilda tushunilishi va qo’llanilishini nazorat qiladi. Prokuratura organlari qonuniylik, markazlashganlik, birlik, oshkoralik va mustaqillik prinsiplari asosida faoliyat ko’rsatadilar.
Ular davlat boshqaruvi organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy hujjatlari va harakatlariga protest bildiradilar, noqonuniy harakatlarning oldini oladilar, qonun Aniq buzilgan hollarda kamchiliklarni tugatishga ko’rsatma beradilar, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladilar, shu bilan birga, ularnng xatti-harakatlaridagi qonuniylikni nazorat qiladilar.
Prokurorlar qonunlar va Oliy Majlis qabul qilgan qarorlarning hamda quyi turuvchi hokimiyat va boshqaruv organlari qonun osti hujjatlarining bajarilishini qat’iy nazorat qiladilar, qonuniylik va huquq tartibotning ta’minlanishi bo’yicha faoliyatni mvofiqlashtiradilar. Prokuraturaning buzilgan qonuniylikni tiklashga doir talablari davlat boshqaruvining barcha organlari tomonidan bajarilishi shart. Prokuratrua boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan kundalik aloqada bo’lgan holda faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, ularning hujjatlari va harakatlari qonuniyligini nazorat qiladi. U qonuniylikni ta’minlash, qoidabuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha birgalikdagi harakatlarning yanada samaraliroq bo’lishi uchun barcha huquqni muhofaza qilish organlari ishini muvofiqlashtiradi.
1.Konstitutsiyaning 106-moddasiga muvofiq, «O’zbekiston
Respublkasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi».
Sud hokimiyati hokimiyatlarning bo’linish nazariyasida ham, amaliyotda ham alohida o’rin tutadi. Xorijiy va o’z adabiyotlarimizda ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatlarning bog’liqligi va xatto ba’zan bir-birlariga qo’shilib ketishlarining foydaliligi yoki maqsadga muvofiq emasligi haqidagi bahslar uchrab tursada, sud hokimiyatiga kelganda ochiq fikrga erishilganlik ko’rinib turibdi. Uning funksiyasi juda aniq belgilab berilgan. Sud muassasalari davlat tuzilishining mustaqil tuzilmalaridir. qayerdaki hokimiyatlarning bo’linishi doktrinasi qabul qilingan va konstitutsiyaviy tarzda amalga oshirilayotgan bo’lsa, ushbu davlatda hokimiyat to’la va izchil namoyon bo’ladi.
Sud ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotga, insonning maqomiga, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashga kata ta’sir kursatadi. Har bir kishida o’zining sudga murojaati mustaqil, ob’yektiv va adolatli qaror bilan yakunlashiga qat’iy ishonch bo’lishi kerak. Aslida sudga murojaat qilish huquqiy davlat sharoitida odamlarning xatti-harakatidagi odatiy hol hisoblanadi.
Konstitutsiyamizda sud hokimiyatiga bag’ishlangan maxsus bob mavjud. Mamalakatimiz Asosiy qonuni sud hokimiyati vakolatlariga kiradigan quyidagi masalalarni belgilab bergan:
qonunlarni ruyobga chiqarish va qonuniylikni himoya qilish sohasida mustaqillik va sud hokimiyatining ustuvorligi;
sudlarni tashkil qilish prinsiplari va sudyalar maqomining asoslari; demokratik odil sudlovning asosiy g’oyalari; sudlar faoliyatining prinsiplari;
fuqarolar huquq va erkinlarining odil sudlov sohasida kafolatlanligi. Konstitutsiya sudlarni o’tkazishda sud ishlarini yuritishning quyidagi prinsiplarini mustahkamlab qo’ygan:
sudlarning mustaqligi va sudyalarning daxlsizligi (106, 108-m); sudlarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo’ysunishi (112-m); sudya lavozimining deputatlik mandati bilan birga olib borilmasligi (108, 112-m);
hamma sudlarda ishlarning ochiq va oshkora ko’rilishi (ishlarni yopiq
majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo’l qo’yiladi) (113-m);

  • sud ishlarining o’zbek, Qoraqalpoq tili yoki muayyan joylardagi ko’pchilik aholi so’zlashadigan tillarda olib borilishi (115-m);

  • tergov va sud ishlarining har qanday bosqichida advokatlarning qatnashishi (116-m);

-sud hokimiyati hujjatlarining barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishining majburiyligi (109, 110, 114-m).
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan sud va huquq islohotlariga keng yo’l ochildi. Bu islohotlarning bosh vazifasi sudning ustaqilligini ta’minlash va fuqarolaming huquq va erkinliklarini kengaytirishdir. Konstitutsiyada bunga asos yaratilgan.
O’zbkiston Respublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasi (1993 y. 2 sentyabr) «Sudlar to’g’risida»gi qonun va Xo’jalik protsessual kodeksini qabul qildi, shuningdek, «Harbiy sudlarning faoliyati to’g’risida»gi, «Sud’yalar malaka hay’ati to’g’risida»gi, «Sudyalar malaka darajasi to’g’risida»gi, «Sudyalar mansab darajalari to’g’risida»gi nizomlarni tasdiqladi.O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 16-sessiyasi (1994 y. 22 sentyabr) Jinoyat-protsessual kodeksini qabul qildi. U dastlabki tergov bilan birgalikda butun sud faoliyatini tartibga solib turadi.

Download 224.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling