Namangan davlat unversiteti


Download 87.3 Kb.
bet2/8
Sana22.06.2023
Hajmi87.3 Kb.
#1649892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika (Автосохраненный)

So’z boshi


Ijtimoiy pedagogika, garchi u avvaldan yurtimizda “ijtimoiy tarbiya”, “ijtimoiy muhofaza”, “ijtimoiy yordam” koʻrinishida mavjud bulgan boʻlsa-da, pedagogik bilim sohasi va mustaqil fan sifatida Oʻzbekistonda XX asrning 90-yillaridan boshlab oliy taʼlim muassasalarida oʻqitila boshlandi. Uning respublikamiz mustaqillikka erishguniga qadar alohida mustaqil fanga aylanmaganligini Oʻzbekiston tarixiy taraqqiyotida roʻy bergan murakkabliklar va baʼzi qarama-qarshiliklar bilan izoxlash mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan hodisalarga XX asrning 30-yillarida boshlangan ijtimoiy tarbiyaning diskreditatsiyalashuvi, mahalliy olimlar va pedagoglarning xorijlik hamkasblaridan ajratgan “temir parda”, umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida “jim turish” siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat anʼanalarining eʼtibordan chetda qolishi kabilar misol boʻla oladi. Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining extiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida yuzaga keldi. Hozirda, respublikamizning barcha sohalarida boʻlgani kabi, taʼlim borasida ham katta islohotlar amalga oshirilmokda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillar oʻzgarib borayotgan bir paytda ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, gʻayri ijtimoiy hodisalar - alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishabozlik kabi ijtimoiy muammolarni yechish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday holatda ijtimoiy yordam va muhofazaga birinchi navbatda bolalar, lekin shu bilan birga kattalar ham muhtojdirlar. Bunday sharoitda jamiyatning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsning ijtimoiy muammolari bilan bogʻliqbulgan pedagogik kutubxonasi masalalarni hal qilishga yordam beruvchi mutaxassisga - ijtimoiy pedagogga extiyoj paydo buladi. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirish jamiyatda insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini muhofaza qilishni taʼminlashga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo boʻlgani bilan ham izodanadi. Bu masalaning ahamiyati davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq anglangan bulib, buni quyidagilar bilan izohyaash mumkin:

  1. Kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼlon qilinishi.

  2. Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan bir qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi.

  3. Sobiq ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilanishi va yangilarining taʼsis etilishi.

  4. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’"ning har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik choralar majmuasi sifatida joriy qilinishi.

Bundan tashqari, hozirgi vaqtda taʼlim mazmuniga shaxsni ijtimoiylashuvi masalasi asosiy goya sifatida kiritilayotgani ijtimoiy pedagogikani fan sifatida oʻqitishni taqozo etmokda. Buning uchun esa alohida mazkur fanning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi darslik hamda oʻquv qoʻllanmalar nihoyatda zarur.
Yuqoridagi bir qator omillar Respublikamizda birinchi boʻlib davlat tilida ushbu darslikning yaratilishiga sabab boʻldi.


Download 87.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling