Namangan davlat unversiteti


Download 87.3 Kb.
bet6/8
Sana22.06.2023
Hajmi87.3 Kb.
#1649892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika (Автосохраненный)

Glossariy:
Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning istemolchisi va ularni amalga oshiruvchisi.
Davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafili
Uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini davlat ta’lim standartlarini , kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.
Fan - yuqori malakali mutahasislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi.
Ishlab chiqarish - kadrlarga bo’lgan ehtiyoni shuningdek ularning tayyorgarlik sifati ba saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar ayyorlash tizimini moliya va moddiy texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim - o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon.
Bilim - shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko’nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka - muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot - ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish - shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.

Download 87.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling