Namangan muhandislik-pedagogika instituti Yer usti transport tizimlari kafedrasi Avtomobilsozlik texnologiyasi fanidan
Download 402.27 Kb. Pdf ko'rish
|
ishlab chiqarish jarayoni
Namangan muhandislik-pedagogika instituti Yer usti transport tizimlari kafedrasi Avtomobilsozlik texnologiyasi fanidan 2-Mavzu: Ishlab chiqarish jarayoni. TAQDIMOT Tayyorladi: kat.o`qit.U. Xidirov
Ishlab chiqarish jarayoni
Reja: 1. Ishlab chiqarish jarayoni to’grisida umumiy tushuncha. 2. Ishlab chiqarish jarayoni bosqichlari. 3. Ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash 4.Ishlab chiqarish korxonalarining turlari buyum va uning tashkil etuvchilari.
Maxsulot deb son yoki nusxa bilan aniqlanuvchi ishlab chiqarishning oxirgi bosqichida shakllanuvchi narsaga aytiladi. Ishlab chiqarishning xarakteriga qarab mahsulot-mashina, mashina elementi yoki alohida detal bo’lishi mumkin. Avtomobil zavodi uchun mahsulot avtomobil bo’lsa, motor zavodi uchun dvigatelg’ bo’ladi. Ishlab chiqarilgan maxsulotning vazifasiga qarab ular asosiy va qo’shimcha ishlab chiqarish maxsuloti bo’lishi mumkin. Maxsulotning birinchi turiga sotish, tashqi bozor uchun ishlab chiqarilgan maxsulotlar kirsa, ikkinchi turiga korxonaning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan maxsulotlar kiradi. Detal -bir hil materialdan yigish operatsiyalarini qo’llamasdan tayyorlangan maxsulotdir. Bir bo’lak detaldan tayyorlangan val, quyilgan korpus shular jumlasidandir.
Tashkil etuvchilar uch turga bo’linadi: Birinchi tartibli tashkil etuvchilar bevosita maxsulot tarkibiga kiradi. U alohida detal, bir necha ikkinchi tartibli qismlar va detallardan tashkil topadi. Ikkinchi tartibli tashkil etuvchilar birinchi darajali tashkil etuvchilarga kiradi. U detallarga va uchinchi tartiblii tashkil etuvchilarga bo’linadi. uchinchi
Yarim tayyor maxsulot (polufabrikat)-tahminlovchi korxona tomonidan yetkazib beriladigan maxsulot bo’lib qo’shimcha ishlov berishni yoki yigishni talab qiladi. Butlovchi maxsulot - tahminlovchi korxona tomonidan tayyorlanadigan va korxona ishlab chiqaradigan maxsulotning tashkil etuvchisiga aytiladi.
Yigma birlik - tashkil etuvchi elementlarini yig’ish natijasida hosil qilingan maxsulotdir (stanok, dvigatel va h.k.).
Ishlab chiqarish intensivligi (tezkorligi) tayyorlash takti va ritmi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish takti davriy ravishda korxonadan maxsulotning donalab chiqib turish vaqt intervaliga aytiladi. Takt miqdori analitik usulda quyidagicha ҳisoblanish mumkin.
bu yerda
F -korxonaning yillik ishlash vaqti, s;
D
miqdori. ;
F Т
Ishlab chiqarish ritmi-
o’lchamdan ishlab chiqarilish miqdoriga aytiladi.
Ishlab chiqarish hajmi- belgilangan vaqt oraligida ishlab chiqarilishni rejalashtrilgan mahsulot miqdori. shlab chiqarish dasturi (programma) -ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turi, hajmi va ishlab chiqarilishi muddatlari ko’rsatilgan hujjat . Ish o’rni- ishlab
chiqarish tarmogining bir qismi bo’lib ishni bajaruvchilar, ular xizmat ko’rsatadigan texnologik jihozlar yoki konveyerning ma’lum qismi joylashgan joydir.
Ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash: -texnik vazifani tuzish yoki olish; -maxsulotni loyihalash; -texnologik hujjatlarni tuzish; -korxonani qurish va jihozlash; -kadrlarni tanlash va joylashtirish; -tahminlash tizimini tuzish va ishlatish Ishlab chiqarish korxonalarining turlari. quyidagicha bo’ladi: -donalab ishlab chiqarish korxonalari ko’p turdagi maxsulotlarni kam miqdorda (oyiga yoki yiliga bir necha dona) ishlab chiqarishi bilan xarakterlanadi -seriyalab ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarning ishlab chiqarilish turlari davriy ravishda o’zgartirilib turishi bilan harakterlanadi. Bu turdagi korxonalar o’z navbatida kichik, o’rta va katta seriyali ishlab chiqarish korxonalariga bo’linadi. -ommaviy ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqariladigan maxsulotlar turi kamligi va hajmi kattaligi bilan harakterlanadi avtomobil, traktor, xolodilnik va shu singari mahsulotni katta hajmda ishlab chiqaruvchi korxonalarning ko’pchiligi shu turga kiradi. -kichik seriyali ishlab chiqarish korxonalari uchun bu ko’rsatkich -20
Mashinasozlikda korxonalarni turlarga bo’lish shartli bo’lib, ba’zi bir ishlab chiqarish korxonalarida bir vaqtning o’zida bo’limlarida har xil ishlab chiqarish turiga kiruvchi ishlab chiqarish usullari mavjud. -vazifa ko’rsatkichi-uning qo’llanish sohasini belgilab beradi; -ishonchlilik ko’rsatkichi; -tayyorlanuvchanlik (texnologik) ko’rsatkichi; -ergonomik ko’rsatkichlari (qulaylik); -standartlik va umumlashish ko’rsatkichi -patent huquq ko’rsatkichlari; -iqtisodiy ko’rsatkichlari; -xavfsizlik ko’rsatkichlari Maxsulot sifati- maxsulotning xususiyatlari yigindisi bo’lib, uning bajarishi lozim bo’lgan vazifasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Nazorat savollari: Ishlab chiqarish jarayoni nima? Ishlab chiqarilgan maxsulotlar qanday turlarga bulinadi? Ishlab chiqarish jarayonining bosqichlari. Ishlab chiqarish muxiti nima? Ishlab chiqarish korxonalari qanday turlarga bulinadi? Maxsulot sifati nima? Foydalaniladigan darsliklar va o’quv qo’llanmalar 1. Omirov A.Y, Qayumov A.X mashinasozlik texnologiyasi. – Toshkent: O’zbekiston, 2003. -384 b. 2. Tojiyev A. T. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari. Ma’ruzalar matni.- Tashkent: TAYI, 2011.-117 b. 3. Abdusattorov T., O.V.Lebedev, V.Sh.Axmedov Transport mashinasozligi, ToshTYMI, Toshkent, 2003, 115 bet. Download 402.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling