tt=2te.
Sinxron RS-trigger asinxronlidan C kirish qismi mavjudligi
bilan farqlanib, unga sinxronlashtiruvchi (taktli) signallar beriladi.
Sinxron trigger asinxron RS- triggerdan va kombinatsion raqamli
qurilmadan tuzilgan (11.6-rasm).
11.6-rasmdan ko‘rinib turibdiki, sinxron trigger VA-YO‘Q
elementlaridan qurilgan. Sxema 1 uchta S, C, R kirish qismlariga
va ikkita chiqish qismiga ega bo‘lgan kombinatsion raqamli
qurilmani tashkil etadi (KRQ). Sxema 1 ikkita VA-YO‘Q
elementlaridan tuzilgan asinxron RS-triggerni tashkil etadi.
Kombinasion raqamli qurilmaning (KRQ) kirish mantiqiy
elementlari C=0 bo‘lganda blokirovkalangan (yopiq) bo‘ladi.
Ularning chiqish qismlaridagi qiymat 1 birlikka ega hamda kirish
S va R signallariga bog‘liq bo‘lmaydi.
VA-YO‘Q elementli asinxron RS-trigger uchun birlikdan
tashkil topgan signallar yig‘indisi neytral bo‘ladi. Тrigger o‘z
holatini saqlaydi. С=1 bo‘lganda, RS asinxron triggerning kirish
qismiga axboriy R va S signallarni uzatish uchun, kombinatsion
raqamli qurilmaning (KRQ) kirish mantiqiy elementlari sxemalari
ochiq bo‘ladi. Demak, ruxsat etilgan signal mavjudligida, sinxron
trigger asinxron trigger qoidasi bilan ishlaydi.
VA-YO‘Q elementli asinxron RS-triggerning ishlash qonu-
niyatini 11.5-jadvaldan ko‘rish mumkin.
11.6-jadvalda sinxron RS-triggerning ishlash tamoyilini ko‘r-
satuvchi Karno kartasi tasvirlangan. Karno kartasidan foydalanib,
sinxron RS-triggerning ishlash prinsiрini tushunish uchun
minimal Bul funksiyasini olish mumkin:
Qt+1=R t Qt ∨ C t Qt ∨ Ct St Qt (R t ∨ C t) ∨ CtRt.
Agar kirish qismlari C va R larga 1 birlik berilayotgan bo‘lib,
Do'stlaringiz bilan baham: |