va R va S kirish qismlarida nol signali bo‘lsa, bunday holat
saqlangan bo‘lur edi.
Endi faraz qilaylik, triggerning kirish qismiga nol holatda (Q=0,
Q =1) bo‘lganida, informatsion signallar S=1, R=0 keladi. S signal
ta’sirida YOKI 3- raqamli sxemasining chiqish qismida birlik signal
bo‘ladi. Bu holda INKOR 4-raqamli sxemasining chiqish qismida
signal 0 bo‘ladi. Demak, trigger birlik (Q=1, Q =0) holatiga o‘tadi.
Haqiqatan ham, chiqish signali Q =0 4-raqamli INKOR
sxemasining chiqishidan 1- raqamli YoKI sxemasining kirish qismiga
keladi. Ushbu sxemaning chiqish qismidan nol signali 2- raqamli
INKOR sxemasining kirish qismiga keladi. Natijada bu sxemaning
Q chiqishida birlik signali hosil bo‘ladi, u 3- raqamli YOKI
sxemasining kirish qismiga keladi. Agar S ning kirish qismidagi
birlik signalini olib tashlansa, tringger birlik holatida qolaveradi.
Тriggerni nol holatiga o‘tkazish uchun, R kirish qismiga birlik
signali berilishi hamda S kirish qismiga esa nol signali berilishi
lozim. Тriggerni birlik holatidan nol holatiga o‘tkazish yuqorida
bayon etilganidek amalga oshiriladi.
Тriggerni teskari aloqali sxemadan tashkil etilishi uning asosiy
strukturasini tashkil etadi. Bu uslubdan foydalanib turlicha trigger
sxemalarini tashkil etish mumkin.
Bu triggerlar ikkita informatsion (axboriy) S va R kirishga
ega bo‘lib, 1 va 0 larni mos ravishda belgilaydi: to‘g‘ri Q va inversli
Q. RS-trigger ikkita mantiqiy element YOKI-INKORlardan
tuzilgan (11.3-a, rasm).
St=0, Rt=1 signallarni terilganda, trigger 0 (Qt+1=0) holatiga
o‘tadi. Signallar St=0, Rt=0 kombinatsiyasida trigger holati
o‘zgarmaydi, ya’ni t+1 holda trigger holati Qt+1=Qt bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |