Namangan muhandislik-qurilish instituti «Enеrgеtika va sanoatni axborotlashtirish» fakultеti
Download 0.82 Mb.
|
Xolmirzayeva Sevinch
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shovqin signallari.
- Signal manbalari.
- (Sinusoidal) signallar generatorlari.
Chiziqli o’zgaruvchan signal. Chiziqli o’zgaruvchan signal (rasm 1.18 da ko’rsatilgan) – bu kuchlanish o’zgarmas tezlik bilan oshuvchi (yoki kamayuvchi). Bu kuchlanish albatta cheksiz osha olmaydi. Shuning uchun odatda bunday kuchlanish rasm 1.19 da ko’rsatilga grafikdagi ko’rinishga ega bo’ladi, - u yakuniy qiymatgacha oshadi yoki rasm 1.20 dagi grafikdagi arrasimon kuchlanishga o’xshaydi.
4-Rasm . chiziqli o’zgaruvchan ko’rinishdagi signal – kuchlanish. Cheklangan chiziqli o’zgaruvchgan signal. Arrasimon signal Shovqin signallari. Signallar haqida so’z borganda ularni ko’pincha shovqin bilan aralashtirishadi, bunda faqat tasodifiy shovqinlar ko’zda tutiladi. Shovqinli kuchlanishlar chastotali spektr bilan ifodalanadi (quvvatni Gs lardagi chastotaga ko’paytmasi) va amplituda taqsimoti bilan ifodalanadi. Shovqinli signallarni eng ko’p tarqalgan turlaridan biri cheklangan chastota spektridagi gaus taqdimotili oq shovqin hisoblanadi. Bunday signal uchun Gs lardagi chastotaga quvvat ko’paytmasi ba’zi chastota diopazonlarida o’zgarmas saqlanadi, ko’plab o’lchovlar soni uchun amplituda variatsiyasi esa uning oniy qiymati Gaus taqsimoti bilan bayon qilinadi. Bunday turdagi shovqin signalni resistor hosil qiladi (Jonson shovqini), u har qanday mumkin bo’lgan o’lchashlarda noqulayliklarni hosil qiladi, ularda yuqori sezgirlik talab qilinadi. Ossilograf ekranida biz shovqin signalni ko’ramiz, u rasm 5-rasmda ko’rsatilgan. 5-Rasm. Shovqin signali. Signal manbalari. Ko’pincha sxemani o’ziga signal manbai ajralmas qism bo’lib kiradi. Ammo sinov ishlash rejimi uchun alohida mustaqil signal manbai qulay. Bunday manbaa sifatida asboblarni uchta turi ishtirok etishi mumkin: sinusoidal signallar generator, impuls generatorlari va funksiya generatorlari (mahsus shakldagi signallar). (Sinusoidal) signallar generatorlari. Signal generatorlari deb sinusoidal tebranishlar generatorlariga aytiladi, ular odatda keng chastota diopazonini ta’minlaydi (qoidaga ko’ra 50kGs dan 50MGs) va ular amplitudani “yuqa” sozlanishi uchun mo’ljallangan (bu maqsad uchun rezistorli bo’lgich sxemasidan foydalaniladi va u attenyuator). Ba’zi generatorlarda chiqish signalini modulyatsiyalash imkoniyati ko’zda tutilgan (13 bobga qarang). Signal generatorni turlaridan biri svip – generator hisoblanadi (chayqaluvchi chastota generator), u davriy ravishda chiqish chastotasini ba’zi chastota diopazonida yoyilishini amalga oshiriladi. Asbobni bu sifati sxemalarni sinashda juda foydali, ularni xossasi ma’lum ko’rinishda chastotaga bog’liq bo’ladi (masalan, rezonans sxemalar yoki filtrlar). Bizni pullarda bu va boshqa ko’plab asboblar shunday ishlab chiqarilmoqdaki, ular chastotani berish (dasturlash), amplitudalash va boshqa parametrlarni hisoblash mashinalari yoki boshqa raqamli qurilmalar yordamida bera oladi. Generatorlarni yana bir turlaridan bo’lib, chastota sintezatori hisoblanadi – bu qurilma sinusoidal tebranishlarni hosil qilayotgan chastotalarni aniq o’rnatish imkonini beradi. Chastota raqamli yo’l bilan beriladi, ko’pincha verguldan keyin 8 va undan ko’p belgigacha, ular kvarts generator etoloni yordamida raqamli usul bilan aniq sintezlanadi. Ular haqida so’z keyinroq (9.27 – 9.31 bo’limlarda) boradi. Agar sizni oldingizda absalyut ishonchli signalni olish vazifasi qo’yilsa, chastotani aniq qiymatini sintezatorsiz olib bo’lmaydi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling