Namangan muhandislik-qurilish instituti energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulteti


Download 413.07 Kb.
bet5/8
Sana08.01.2022
Hajmi413.07 Kb.
#254713
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Amaliy ish Bekzod.J tayyorladi (30)

Fanning maqsad va vazifalari-

"Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" fanini o‘rganishdan maqsad:talabalarda Aloqa, axborotlashtirish vatelekommunikasiya texnologiyalari sohasida telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish bilan

bog‘liq bo‘lgan metrologik ta'minot, sohaga ISO 9000:2000 standartlari asosida sifat menejmenti tizimini joriy qilish, standartlashtirish ishlari va sertifikatlashtirish muolajalari bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me'yoriy-texnik hujjatlar va soha standartlari bilan ishlash borasida etarli bilim

va malakalarni hosil qilishdir. Asosiy vazifasi esa talabalarga uzluksiz ta'lim tizimida "Metrolog iya,standartlashtirish va sertifikatlashtirish" asoslari bo‘yicha mukammal bilim berishdir.Ushbu fan namunaviy o‘quv rejasiningumumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib,bakalavriatning barcha ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan. Fanni o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy qoidalarni, talablar va me'yorlarni,

standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha me'yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa,xalqaro standartlarning talablariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va uning raqobatbardoshliligini ta'minlashda dolzarb masalalardan biri sanaladi.Standartlashtirish, metrologiya va

sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy maqsad mahsulotlar va xizmatlar sifati, havfsizligi va raqobatbardoshliligini ta'minlashdir.Standartlashtirishning afzallik jihatlari. Uni shunday ta'riflash mumkin, standartlashtirish iqtisodiyotni maksimallikka erishishiga qaratilgan.Standartlar jamiyatning turli jabhalarida bir qancha afzalliklar olib kiradi.Texnologlar uchun standartlar:Tovarlar va xizmatlarni yanada takomillashtirish uchun ilmiy tadqiqotlar va rivojlantirishning yangi bosqichlarini shakllanishida xizmat qiladi.Standartlarning o‘ziga xos xususiyatlari.

Standart asosan uchta xususiyatga ega bo‘ladi:Darajaviy: kompaniyada milliy va xalqaro darajalar singari Ilmiy: oziq-ovqat, tekstil va menejment injiniringi kabi

Aspekt: qadoqlash va yorliqlashtirish, sinovdan o‘tkazish va analizlash, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashtirishga o‘xshagan.


Metrologiya bo‘yicha asosiy atama va tushunchalar.Metrologik me'yorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo ahamiyatini hisobga olgan hold a o‘zaro

tushunish va harakatlarni kelishishda metrologik atamalarning birliligi va qabul qilingan tushunchalarga aniq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining "Metrologiya to‘g‘risida" Qonunida, O‘z O‘DT ning asos bo‘luvchi hujjatlari O‘z DSt 8.010:2002, O‘z DSt 8.010.2:2003, O‘z DSt 8.010.3:2004, O‘z DSt 8.010.4:2002 da va aloqa va axborotlashtirish sohasida foydalaniladigan “Tst 45.025.2000. Metrologik ta'minot. Atamalar.” tarmoq standartida metrologiya bo‘yicha quyidagi asosiy atama va tushunchalar keltirilgan:

Metrologiya – O‘lchashlar, ularning birliligini ta'minlash metodlari va vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari to‘g‘risidagi fan.


Download 413.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling