Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

Ishlab chiqaruvchi korxona 
 
1-rasm. Uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemasining tashkiliy tuzilishi 


101 
 yuqori xalqaro nufuzga ega xususiy tashkilotlar bilan; 
 keng savdo shoxobchalariga ega bo’lgan yirik savdo tashkilotlarida; 
Sertifikatlash sistemasining muxim tarkibiy elementi bo’lib, korxonada sifatni ta’minlash 
sistemasining faoliyatini nazorat qiluvchi tashkilot xisoblanadi. Bundan tashqari, u sertifikatlash 
tashkilotlari laboratoriyalarida sinovni tashkil etishni vaqti-vaqti bilan nazorat qilishni amalga 
oshiradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, sertifikatlash – bu maxsulotning ma’lum standartlarga 
yoki texnik shartlarga muvofiqligini xujjatlar bilan tasdiqlashdir. Muvofiqlikning 3 ta ko’rinishi 
o’rnatilgan: 
- muvofiqlik to’risida ariza; 
- muvofiqlik attestatsiyasi; 
- muvofiqlik sertifikatsiyasi. 
Maxsulotning standartlar shartiga javob berishi muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik 
belgisi bilan tasdiqlanadi. 
O’z-o’zini sertifikatsiyalashda muvofiqlik sertifikatlari ishlab chiqaruvchilarga beriladi, 
uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash esa xolis tomonning ishtirokida amalga oshiriladi. 
7.4. Sertifikatsiyalash tartibi va unga qo’yiladigan talablar 
 
Sertifikatsiyalash tartibi quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. 
- Sertifikatsiya o’tkazish uchun qaror va ariza deklaratsiya berish; 
- Sertifikatsiyalashtiriladigan maxsulotlardan tajribalar o’tkazish uchun namunalar olish. 
Me’yoriy xujjatlar bo’yicha namunalar olish miqdorini belgilash. 
- Maxsulot yoki ishlab chiqarishni sertifikatsiyalashtirish sxemasini tanlash; 
- Olingan natijalarni taxlil qilib muvofiqlik sertifikatini berish to’risida qaror qabul qilish; 
- Davlat standarti ro’yxatidan maxsulotni o’tkazib, muvofiqlik sertifikatini berish; 
- Xalqaro sertifikatlash tashkilotlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini tan 
olish; 
- Sertifikatsiyadan o’tgan maxsulotning sifat ko’rsatkichlarining barqarorligini nazorat 
qilish; 
- Sertifikatsiya natijalarining axboroti; 
- Noroziliklarni ko’rib chiqish. 
Sertifikatsiyalashtirish ishlarini amalga oshirish uchun sertifikatsiyaga tegishli tashkilotga 
ariza-deklaratsiya va unga qo’shimcha xujjatlar jo’natiladi. Tegishli arizani qabul qilgan 
tashkilot bir oy davomida xujjatlarni ko’rib chiqib, sertifikatsiyalashga oid talablarga mos 
kelishi to’risida qaror qabul qiladi, qaysi tartibda va kimlar tomonidan o’tkazilishi belgilanadi. 
Tanlangan namunalar Milliy sertifikatsiyalash tizimining akkreditlangan sinov 
laboratoriyalarida sinovdan o’tkaziladi. Lozim bo’lsa sertifikatsiyalashtirish tashkiloti tajribalar 
o’tkazish uchun usulubiy ko’rsatmalar ishlab chiqishni tashkil eatadi.
Sertifikatlangan maxsulotning sifat ko’rsatkichlari barqarorligini tekshiruv nazorati shu 
maxsulotni ishlab chiqarish jarayoniga sertifikat bergan tashkilot tomonidan maxsus reja 
asosida amalga oshiriladi. Zarur xollarda betaraf mutaxassislarni tekshiruv nazoratiga jalb etish 
mumkin. Tekshiruv nazorati natijalariga ko’ra sertifikatsiyalash tashkiloti muvofiqlik sertifikati 
yoki muvofiqlik belgisini quyidagi xollarda bekor qilishi yoki to’xtatib qo’yishi mumkin.

me’yoriy texnik xujjatlardagi talablar o’zgarsa; 

maxsulotning tarkibi va tuzilishi o’zgarsa; 

tashkilot yoki ishlab chiqarish texnologiyasi o’zgarsa; 

sifatni ta’minlovchi sistema, texnologiya, sinash uslublari o’zgarsa. 


102 
Tekshiruv nazorati tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilingunga qadar 
muvofiqldik sertifikatini berish to’xtatib turiladi. SHu muddatda xam axvol o’zgarmasa, 
muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi. Bundan tashqari sertifikat berish yoki muvofiqlik belgisini 
qo’yish quyidagi xollarda xam bekor qilinadi: 

maxsulotda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib bo’lmasa; 

ishlab chiqaruvchi o’zining moliyaviy majburiyatlarini bajarmay qo’ysa; 

ishlab chiqaruvchi sertifikatni vaqtincha to’xtatib qo’ygandan keyin muddatni 
uzaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmasa; 

maxsulotni ishlab chiqarish to’xtatilgan bo’lsa. 
Sertifikatsiyalashtirish tashkiloti bu xaqda rasmiy axborot beradi va mazkur maxsulot 
ishlab chiqarish sertifikatini davlat ro’yxatidan chiqaradi. Axborot bilan ta’minlash 
sertifikatsiyalash tashkiloti ishtirokchilari bilan xamkorlikda amalaga oshiriladi. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling