Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Standartlashtirish dasturlarining samaradorligini aniqlash


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

6.7. Standartlashtirish dasturlarining samaradorligini aniqlash 
Olingan ishlab chiqarish va moliyaviy natijalar ko’p jihatdan ularning texnik 
iqtisodiy asoslash bosqichida qanchalik to’g’ri bashorat etilganligiga, ya’ni innovatsion 
loyihaning samaradorlik ko’rsatkichlari qanchalik haqiqatga yaqin ekanligiga bog’liq.
Iqtisodiy samaradorlik hisobi, odatda, innovatsion loyihalar samaradorligining 
quyidagi turlari bo’yicha amalga oshiriladi: 
 uning bevosita ishtirokchilari uchun loyixani amalga oshirishning moliyaviy 
oqibatlarini inobatga oluvchi moliyaviy samaradorlik; 
 loyihani amalga oshirilishining regional, mahalliy byudjetga moliyaviy ta’sirini 
hisobga oluvchi byudjet samaradorligi; 
 loyihani amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy harajatlarni va 
natijalarni hisobga oluvchi umumiqtisodiy samaradorlik.
Dastur bo’yicha ishlarni amalga oshirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har 
bir bosqichni amalga oshirishga esa ma’lum vaqt hamda harajatlar talab qilinadi. Dastur 
samaradorligini hisoblashning murakkabligi, odatda, integral samara olish imkonini 
bermaydi, shuning uchun ham taxminiy hisob sifatida yillik samarani aniqlash bilan 
cheklanish mumkin.
Tashkiliy sistemalar bo’yicha standartlashtirish dasturlarida to’xtaladigan bo’lsak, 
bunda ularni ishlab chiqish, so’ngra ishlatishda sistemalar samaradorligi bilan cheklanish 


95 
kerak. Misol uchun korxonada mahsulot sifatini boshqarishning kompleks sistemasi joriy 
etilayotgan bo’lsin. U holda ushbu maqsadlarga sarflanayotgan harajatlarning 
samaradorligini aniqlanish muammosi paydo bo’ladi. Uni joriy etish to’g’risida qaror 
qabul qilingandan keyin, u bir necha yillar davomida takomillashtirish, tuzatishlar kiritish 
bilan qo’llaniladi. Bunday holatda mana shu sistemaning ishlashidan olinayotgan 
samarani aniqlash masalasi yuzaga keladi.
Xuddi shunday yondoshuv boshqa sistemalar, masalan, texnologik, konstruktorlik, 
ishlab chiqarishni tayyorlash, mahsulotni ishlab chiqarishga qo’yish bosqichlari uchun
ham tegishlidir. Umumiqtisodiy samara bilan bir qatorda moliyaviy samara olish ham 
muhim element hisoblanadi. 
Korxonada bu sistemalar bevosita samarasiz harajatlarning qisqarishi, foydaning 
ko’payishi hisobiga samaradorligini oshirish manbasi bo’lib hisoblanadi.
Iqtisodiy samaraning ishonarli qiymatini olishning muhim sharti samaralarni 
variantlar bo’yicha taqqoslashdir. Buni amalga oshirish quyidagi parametrlar bo’yicha 
ta’minlanadi.
- yanada sifatliroq mahsulot ishlab chiqarish orqali qondirilgan ehtiyojning hajmi 
bo’yicha; 
- qondirilgan ehtiyojning sohasi va diapazoni bo’yicha, shuningdek mahsulotni 
ishlatish sharoitlari bo’yicha; 
- vaqt omili bo’yicha; 
- mahsulotni ishlab chiqarish va iste’molning ijtimoiy oqibatlari bo’yicha; 
- mahsulotni ishlab chiqarish va ishlatishda atrof muhitga salbiy ta’sir ko’rsatiщ 
darajasi bo’yicha. 
Eng muhim holatlardan biri sifat bo’yicha qabul qilingan bazis hamda qabul 
qilingan variantlarni taqqoslashdir. Variantlarni sifat bo’yicha taqqoslash mumkinligi – u 
yoki bu variant foydasiga qaror qabul qilishning umumiy bahosidir. U qabul qilingan 
sifat ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi.
Sifat darajasini belgilash baholanayotgan mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini 
taqqoslash asosi qilib qabul qilingan bazis mahsulotning sifat ko’rsatkichlari bilan 
taqqoslashga asoslangan.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling