Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

Nazorat uchun savollar 
1. ISO muvofiqlikning qanday ko’rinishini o’rnatadi? 
2. Muvofiqlik sertifikati nima? 
3.Sertifikatlashning qanday sistemalarini bilasiz? 
4.Sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirish uchun nimalar asos bo’lib xizmat qiladi? 
5. Standartlash bo’yicha milliy tashkilotlar qanday vazifalarni amalga oshiradi? 
6.Sertifikatsiyalash tartibi qanday asosiy tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. 
7. Sertifikatlashning tashqi savdo xolatiga ta’siri. 
8. Sertifikatsiyaning asosiy maqsadi nima? 
9. Bosh nazoratchining asosiy majburiyatlari nimalardan iborat? 
10.Milliy sertifikatsiyalash nima maqsadda va qaysi davlatlarda nechanchi yillardan 
boshlab tuzildi? 
8-mavzu.O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga qo’yiladigan talablar va 
tovarlarni shtrixli kodlash. 
 
8.1. O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan qo’yiladigan talablar. 
8.2. Xizmatlarni standartlashtirish 
8.3. Mahsulot standartlashtirish hamda sertifikatlash va ularning kontrafakt 
mahsulot bilan kurashishdagi roli 
8.4. SHtrixli kodlash 
8.5. Standartlashtirish va ekologiya 
 
8.1.O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan 
 qo’yiladigan talablar 
 
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash ko’p qirrali tijorat faoliyatining muhim 
jihati sanalgan mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatini ta’minlash vositalari hisoblanadi. 
Standart – bu ular bilan boshqa shunga o’xshash ob’ektlarni taqqoslash uchun asos sifatida 
qabul qilinadigan namuna, etalon, modelь. Normativ-texnik hujjat sifatida standart normalar, 
qoidalar va standartlashtirish ob’ektiga nisbatan qo’yiladigan talablar majmuini belgilaydi va 
vakolatli organ tomonidan tasdiq lanadi. 
Standart moddiy buyumlar (mahsulot, etalonlar, moddalar namunalari), normalar, qoidalar 
va turli talablar uchun ishlab chiqiladi. 
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan qo’yiladigan talablarni 
belgilab beruvchi normativ-texnik hujjatlarning quyidagi toifalari belgilangan: 
• 
davlat standartlari (GOST); 
• 
tarmoq standartlari (TST); 
• 
respublikastandartlari (RST); 
• 
korxonalar standartlari (KST); 
• 
jamoat birlashmalari standartlari (JST); 


108 
• 
texnik shartlar (TSH); 
• 
xalqaro standartlar (ISO/MEK) 
• 
mintaqaviy standartlar; 
• 
davlatlararo standartlar; 
• 
milliy standartlar. 
Davlat standartlari (GOST) tarmoqlararo talab etiladigan mahsulot, ishlar va xizmatlar 
uchun ishlab chiqiladi. Ushbu toifa standartlarini O’zR Davstandarti qabul qiladi. Standartlarda 
majburiy talablar ham, tavsiyaviy talablar ham o’z aksini topadi.
Tarmoq standartlari(TST) muayyan tarmoq mahsulotlariga nisbatan ishlab chiqiladi. 
Ularning talablari davlat standartlarining majburiy talablariga, shuningdek tarmoq uchun 
belgilangan 
xavfsizlik 
qoidalari 
va 
normalariga 
zid 
kelmasligi. 
Bunday 
standartlarnitarmoqstandartlarining O’zR GOSTtalablariga mos kelishi uchun javobgar bo’lgan 
davlat boshqaruvi organlari (masalan, vazirliklar)qabul qiladi. 
Respublikastandartlari(RST) Davstandart va mahsulotning biriktirilgan guruhlari 
bo’yicha tegishli yetakchi vazirliklar va idoralarning bilan korxonalar tomonidan ishlab 
chiqariladigan mahsulotning alohida turlari uchun belgilanadi. 
RST respublika hududida joylashgan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchi va iste’mol 
qiluvchi barcha korxonalar uchun majburiy. 
Korxonalar standartlari(KST) korxonalarning o’zlari tomonidan ishlab chiqilib, qabul 
qilinadi.
Jamoat birlashmalari standartlari(ilmiy-texnikaviy jamiyatlar, muhandislik jamiyatlari va 
b.). Ushbu normativhujjatlar mahsulot, jarayonlar yoki xizmatlarning printsipial yangi turlari; 
sinovlar o’tkazshning ilg’or usullari hamda ishlab chiqarishni boshqarishning noan’anaviy 
texnologiyalari va usullari uchun ishlab chiqiladi. 
Standartlashtirish 
qoidalari(Q)vastandartlashtirish 
yuzasidan 
tavsiyalar(T) 
o’z 
xususiyatiga ko’ra uslubiy mazmundagi hujjatlarga mos keladi. Ular hujjatlar normalarini 
muvofiqlashtirish, qabul qilingan tarmoqlar, jamoat va boshqa tashkilotlar standartlari 
to’g’risidagi axborotni O’zR Davstandartigataqdim etish,korxonada standartlashtirish xizmatini 
tashkil etish tartibiga, GOST majburiy talablariga amal qilinishi ustidan davlat nazoratini 
o’tkazish qoidalariga va tashkiliy xususdagi boshqa masalalargataalluqli bo’lishi mumkin. 
Texnik shartlar (TSH) korxonalar va xo’jalik faoliyatining boshqa sub’ektlari tomonidan 
standartni yaratish maqsadga muvofiq bo’lmagan hollarda ishlab chiqiladi. Bir marta yetkazib 
beriladigan, kichik partiyalarda ishlab chiqiladigan mahsulot hamda baddiy hunarmandchilik 
asarlari TSH ob’ekti bo’lishi mumkin. 
Xalqaro standartlar(ISO/MEK) xalqaro standartlashtirish tashkilotlari tomonidan 
savdodagi texnik to’siqlarni olib tashlash, ya’ni mahsulot, xizmatlarga nisbatan qo’yiladigan 
talablarni xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish uchun ishlab chiqiladi. 
Agar standart xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirilgan bo’lsa, u bo’yicha 
mahsulotnisertifikatlash mumkin. 
Mintaqaviy standartlar mintaqaviy standartlashtirish organlari tomonidan ishlab chiqiladi. 
Masalan, YeOKK (Evropa sifatni nazorat qilish tashkiloti) ana shunday tashkilot hisoblanadi. 
Milliy 
standartlar 
milliy 
standartlashtirish 
organlari, 
masalan, 
O’zR 
Davstandartitomonidan ishlab chiqiladi. Milliy standartlar faqat O’zR hududida amal qiladi. 
Davlatlararo standartlarMDHga a’zo bo’lgan mamlakatlar uchun majburiy. 
Standartlar turlari. 
Standartlarning quyidagi turlari mavjud: 
• 
asosiy standartlar; 


109 
• 
mahsulot uchun standartlar; 
• 
ishlar va jarayonlar uchun standartlar; 
• 
sinovlar o’tkazish, nazorat qilish, tahlil qilish usullari uchun standartlar; 
• 
texnik shartlar. 
Asosiy standartlar,o’z navbatida, quyidagi turlarga bo’linadi: 
• 
umumiy texnikaviy standartlar; 
• 
tashkiliy-uslubiy standartlar. 
Sifatni aniqlash, belgilash atamalari, sifat ko’rsatkichlarinomenklaturasini reglamentlovchi 
umumiy texnikaviy standartlar standartlashtirishob’ektining axborot nuqtai nazaridan mosligini, 
uning bir xil ma’noda tushunilishini ta’minlash funktsiyasini bajaradi.
Mahsulot uchun standartlarmahsulotga nisbatan qo’yiladigan talablarni reglamentlaydi va 
quyidagi turlarga bo’linadi: 
• 
umumiy texnik talablar standartlari; 
• 
umumiy texnik shartlar standartlari; 
• 
texnik shartlar standartlari. 
Umumiy texnik talablar va umumiy shartlar standartlarimahsulotni ishlab chiqish, ishlab 
chiqarish, iste’mol qilish va uning muomalada bo’lishi (undan foydalanish) bo’yicha bir xil 
mahsulotlar guruhiga nisbatan qo’yiladigan har tomonlama talablar belgilaydi. 
Mahsulot 
parametrlari 
va 
(yoki) 
o’lchamlari, xillari, markalari, sortamenti, 
konstruktsiyasini reglamentlovchi standartlar mahsulotning unifikatsiyasini va bir-birining 
o’rnini bosa olishnita’minlovchi xil-o’lcham va parametr qatorlariga nisbatan qo’yiladigan 
talablarni belgilaydi. 
Texnik shartlar standartlaribir xil mahsulotlar guruhiga nisbatan emas, balki muayyan 
ishlab chiqariladigan mahsulotga nisbatan qo’yiladigan talablarni reglamentlaydi. 
Ishlar va jarayonlar uchun standartlar turli xildagi ishlar va jarayonlarni o’tkazish 
qoidalarini belgilaydi. Ularning asosiy talabi ushbu ishlar (jarayonlar)ni amalga oshirishda 
inson hayoti, salomatligi va mol-mulkining xavfsizliginita’minlashdan iborat. 
Sinovlar o’tkazish, nazorat qilish, tahlil qilish usullari uchun standartlarsinovlar o’tkazish 
usullariga, ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazishga, mahsulotni sertifikatlash chog’idagi sinovlarga 
nisbatan qo’yiladigan talablarni reglamentlaydi. 
Texnik shartlar – bu tarmoqqa bo’ysungan normativ hujjat bo’lib, ushbu mahsulot uchun 
GOSTni joriy etishda vaqtinchalik ahamiyatga ega. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling