Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


 Mahsulot standartlashtirish hamda sertifikatlash va ularning kontrafakt


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

8.3. Mahsulot standartlashtirish hamda sertifikatlash va ularning kontrafakt 
mahsulot bilan kurashishdagiroli 
Barchaga ma’lumki, xaridor deyarli har qanday tovar bozorlarida xilma-xil qalbaki (sohta) 
tovarlarga duch keladi. Bunda nosog’lom raqobat tufayli mahsulot ishlab chiqaruvchining ham, 
xaridorning ham huquqlari paymol qilinadi.
Ayrim baholarga ko’ra, xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish umumiy hajmida 
qalbakilashtirilgan kiyim-bosh va poyabzal hajmi 40 foizgacha, parfyumeriya, kosmetika va 
sintetik kir yuvish vositalari hajmi – 50, baliq va go’sht konservalari hajmi – 35, sari yog’ va 
margarin hajmi – 40-45, vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 60 foizgacha yetadi. 
Natijada yetakchi mahalliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar– tovar belgilari egalari 
har yili ko’radigan zararlar 1,5 milliard AQSH dollaridan ko’pni tashkil qiladi. 
Qalbakilashtirishning bir necha asosiy usullari aniqlangan: 
1. Ochiq soxtakorlik (qalbakichilik), ya’ni tashqi shaklni va savdo rusumini 
qalbakilashtirish. Tovlamachilikning mazkur usuli plastinkalar, audio- va videokassetalar, 
kompakt-disklar bilan savdo qilishda tez-tez uchrab turadi. 
2. Taqlid qilish – mashhur ishlab chiqaruvchining rusumi ostida sotish. Ayniqsa bunday 
qalbakilashtirish keng iste’mol qilinadigan tovarlar (tikuvchilik mahsulotlari, soatlar va h.k.) 
uchun xos. Bunday tovarlar narxi, qoidaga ko’ra, haqiqiy (asl) tovarlar narxidan ancha arzon 
bo’ladi, bu odatda xaridorni, ayniqsa tajribasiz yoki boshqalarning zaifligidan foydalanib boylik 
orttiruvchi xaridorni o’ziga jalb qiladi. 
1. 
Ilgarilab ketish – tovardan kichik o’zgarishlar qilib, shu jumladan savdo rusumining 
yozilishida va aytilishida kichik o’zgarishlar qilib (masalan, Panasonic o’rniga Pavasonic, Sony 
o’rniga Syni) nusxa ko’chirish. Bunda tovar asl nusxaga juda yaqin bo’ladi. 
2. 
Sotish tamoyillarini buzish – tovar belgilarini ro’yxatga olish to’g’risidagi qonun 
hujjatlariga amal qilmaslik. 
Standartlashtirish va sertifikatlash sifatsiz tovarning bozorga kirib kelishiga va so’ngra 
iste’molchiga yetib borishiga to’siq qo’yadi. 
Tovar bozorlarini kontrafakt mahsulotlardan himoyalash quyidagi yo’nalishlar bo’yicha 
amalga oshiriladi: 
- sertifikat va muvofiqlik belgisining mavjudligini va haqiqiyligini nazorat qilish 
(muvofiqlik belgisining golografik himoyasini ishlab chiqish va yupqa plyonka texnologiyasini 
qo’llash); 


111 

tovarda 
(yoki 
uning 
upakovkasida) 
kosibchilik 
sharoitida 
qiyin 
qalbakilashtiriladigan unsurlarning mavjudligi; 

tovarlarni firma savdo nuqtalari orqali bozorga olib chiqish; 

ishlab chiqaruchi, savdo qiluvchi va vositachitashkilotlarning kontrafakt 
mahsulotlarni sotganlik uchun javobgarlik darajasini oshirish. 
"Iste’molchilar huquqlarini himoyalash to’g’risida"gi Qonun belgilangan tartibda 
muvofiqlik belgisi bilan markalanmagan, sertifikatlanishi shart bo’lgan tovarni (shu jumladan 
import qilinadigan tovarni) sotishni taqiqlaydi. 
Muvofiqlik belgilarining qo’llanilishini nazorat qilish bilan qonuniy asosda muvofiqlik 
belgisini identifikatsiyalash uchun maxsus texnik qurilmalar bilan jihozlangan hududiy 
ma’muriy organlar shug’ullanishlari kerak. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling