Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Mahsulot sifatini boshqarishda standartlashtirishning ahamiyati


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

6.5. Mahsulot sifatini boshqarishda standartlashtirishning ahamiyati. 
 
Standartlashtirish - mahsulot sifatini yaxshilashda davlat tashkiliy-texnikaviy 
siyosatini amalga oshirish imkonini beradi va mamlakat iqtisodini boshqarishning barcha 
sohalarida hamda mahsulot hayot tsiklining barcha bosqichlarida sifatni boshqarishning 
ilmiy-uslubiy birligini ta’minlaydi.
Tarmoqlararo sifatni boshqarish hayot tsiklining barcha bosqichlari va boshqaruv 
funktsiyalari bo’yicha ishlab chiqilgan davlat standartlari asosida amalga oshiriladi. Bu 
standartlarda xalq ho’jaligining barcha tarmoqlari faoliyatida mahsulot sifatini boshqarish 
bo’yicha umumiy reglamentatsiya beriladi: sifat bo’yicha terminlar, tushunchalar, sifatni 
baholash, sanoat mahsulotini attestatsiyadan o’tkazish, sifatni boshqarishning komples 
sistemasini yaratish va boshqalar.
Tarmoq ichida sifatni boshqarish davlat standartlari va texnikaviy shartlarga, 
shuningdek tarmoq xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqarish tarmog’i 
korxonalari va tashkilotlari faoliyatining uzviyligini ta’minlash maqsadida standartlarni 
chegaralash yoki ularni rivojlantirishga asoslanadi.
Korxona yoki firmada standartlashtirish ishlab chiqarishning o’ziga xos 
tomonlarini: mahsulot turini, seriyalilikni, texnologik jarayonning o’ziga xos tomonlarini 
e’tiborga olishi kerak. Korxonada standartlashtirish mahsulot sifatini boshqarishda 
tarmoq hamda tarmoqlararo sifatni boshqarish bilan uzviyligini ta’minlaydi.
Mahsulot hayot tsiklining barcha bosqichlarida sifatni boshqarishni amalga 
oshirish uchun sifatni boshqarish sistemasining tashkiliy, texnikaviy hamda usludiy asosi 
bo’lib xizmat qiladigan standartlar va texnik shartlar komplesi zarur.
Tadqiqot o’tkazish va loyihalashtirish bosqichida standartlashtirish yordamida 
quyidagilar amalga oshiriladi:
 
mahsulotning, shuningdek, xom ashyo, yarim fabrikatlarning sifat 
tavsiflarini kompleks standartlash asosida tayyor mahsulotning sifatiga nisbatan shartlari 
o’rnatiladi; 


91 
 
mahsulotning ishlatilish maqsadlari va shartlariga bog’liq holda mahsulot 
sifatining yagona ko’rsatkichlari sistemasi aniqlanadi; 
 
optimal sifatni ta’minlash uchun me’yorlar, shartlar va mahsulotni 
loyihalash usullari ishlab chiqiladi; 
 
ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish, fan-texnika 
taraqqiyotini jadallashtirish, mahsulot ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish, 
iste’mol va ta’mirlashning samaradorligi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning muhim 
sharti sifatida unifikatsiyalashtirish darajasini oshirish ta’minlanadi. 
Konstruktorlik hujjatlashtirishning yagona sistemasi (ESTD), ishlab chiqarishni 
texnologik tayyorlashning yagona sistemasi va boshqalar.
Standartlashtirishni tadbiq etish texnologiyani ishlab chiqish jarayonini yaxshilash 
va jadallashtirish, ishlab chiqarishning texnikaviy va tashkiliy darajasini oshirishga 
imkon beradi va sifatning muqimligini ta’minlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bosqichida davlat standartlari mahsulot 
ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish, ishlab chiqarishni tayyorlash, fan-texnika 
yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, ishlab chiqaruvchilar bilan buyurtmachilar 
o’rtasida uzviy aloqa orqali yangi, yuqori sifatli mahsulotlarni yaratish va o’zlashtirishga 
qaratilgan.
Standartlashtirish sistemasi yangi mahsulotga yuqori sifatli loyiha hujjatlashtirish 
ishlarini, korxonaning berilgan sifat ko’rsatkichlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishga 
tayyor bo’lishi hamda o’z vaqtida mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlashini taqozo 
qiladi.
Muomala va sotish bosqichida standartlashtirish mahsulotni o’rash-joylash, joydan-
joyga tashish, omborxonalarda saqlash ishlarining yaxshi yo’lga qo’yilishiga shartlarni 
o’rnatilishiga qaratilgan.
Iste’mol va ekspluatatsiya bosqichida standartlashtirish mahsulotni ishlatishga, 
ta’mirlashga (shu jumladan kafolatli) nisbatan yagona shartlarni o’rnatadi, ekspluatatsiya 
bosqichida mahsulotning sifati to’g’risidagi ma’lumotlarni to’playdi va tahlil qiladi, 
ta’mirlash va xizmat ko’rsatishni yaxshilaydi, mahsulotni ekspluatatsiya qilish 
xarakatlarini qisqartirib, undan foydalanish samaradorligining ortishiga imkon beradi.
Sanoat mahsulotini attestatsiyadan o’tkazishda standartlar sistemasi zarur va uni 
ob’ektiv baholash uchun zarur bo’lgan sifat ko’rsatkichlari ro’yxatini va o’tkazilish 
tartibini o’rnatadi.
Mahsulot sifati muammosining hal etilishi metrologik ta’minlanish darajasiga 
bog’liq. Mamlakatimiz bo’ylab o’lchamlarning yagona va ishonchli bo’lishini ta’minlash 
uchun rivojlangan etalon bazasi yaratilgan, o’lchamlar yagonaligini ta’minlovchi 
standartlar sistemasi ishlab chiqilgan.
Standartlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy bosqichining o’ziga xos tomoni 
alohida standartlarni ishlab chiqishdan kompleks standartlashtirish dasturiga o’tishdir.
Mahsulot sifatini oshirish. Standartlashtirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 
tipi va tiporazmerlari nomenklaturasini tartibga soladi. Seriyali va ommaviy ishlab 
chiqarishda odatda, konstruktsiyasi, sifat ko’rsatkichlari, razmeri standartlashtirilgan 
mahsulotlarnigina ishlab chiqarishni tashkil etadi. Mahsulotga nisbatan standartlarning 
bekor qilinishi uni ishlab chiqarishdan olib tashlanganligini bildiradi.
Kompleks standartlashtirish usuli agregatlashtirish printsipini keng qo’llashga 
imkon beradi, xom ashyoga, materiallarga, komplektlovchi buyumlarga, texnologik 
jarayonga, dastgohlarga, o’lchov asboblariga va boshqa mahsulot sifatini ta’minlovchi 
ob’ektlarga nisbatan o’zaro bog’langan shartlarni qo’yadi.


92 
Standartlashtirish 
natijasida 
mahsulotlar 
nomenklaturasining 
qisqarishi 
ixtisoslashtirishning rivojlanishiga, korxonalarning tarmoqlar hamda tarmoqlararo 
kooperatsiyalashuvning chuqurlashuviga imkon beradi.
Ishlab chiqarishda iqtisod qilishni oshirish.
Unifikatsiyalangan va standartlashtirilgan agregatlar va mashinalar elementlarini 
qo’llash mehnat unumdorligini va ularni loyihalashtirish sifatini oshiradi. Bunda 
loyihalashtirish ishlariga ketadigan xarajatlar qisqaradi. Ishlab chiqarishni texnologik 
tayyorlashning yagona sistemasini joriy etilganda standart instrument va asboblardan 
foydalanish hisobiga ishlab chiqarishni tayyorlash muddati qisqarib, xarajatlar kamayadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, standartlashtirish mahsulot sifatini oshirishda 
yagona davlat tashkiliy texnikaviy siyosatini amalga oshirish imkonini beradi va 
mamlakatimiz iqtisodini boshqarishning ilmiy-uslubiy birligini ta’minlaydi. Korxona 
miqyosida standartlashtirish sifatni boshqarishda tarmoq hamda tarmoqlararo 
standartlashtirish bilan uzviy bog’liqlikni ta’minlaydi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling