Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Standartlarni ilmiy tashkil etish printsiplari


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

6.2. Standartlarni ilmiy tashkil etish printsiplari 
 
Standartlashtirish - haqiqatda amalga oshirilayotgan yoki potentsial masalalarga 
nisbatan ko’plab marta foydalanish uchun ma’lum shartlarni o’rnatish orqali optimal 
darajada tartibga solishga erishishdir.


87 
Bizning 
respublikamizda 
standartlashtirish 
ishlari 
bilan 
Uzdavstandart, 
shuningdek, faoliyat sohalarining biriktirilishiga qarab Davlat tabiatni saqlash qo’mitasi, 
Davlat qurilish, hamda O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash Vazirligi 
shug’ullanadi.
Sobiq ittifoqning Davlat standartlari Vazirlar Mahkamasining 02.03.92y. qaroriga 
hamda SNG davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida 
birgalikda kelishib faoliyat olib borish to’g’risidagi kelishuviga ko’ra ushbu davlatlarning 
Xalqaro standarti sifatida ishlatiladi. Sobiq ittifoq davlatni boshqarish organlari 
tomonidan tasdiqlangan tarmoq standartlari va texnik shartlar ularning vakolatli 
muddatlari tugagunga qadar O’zbekiston respublikasi territoriyasida kuchga ega.
Standartlashtirish ishlarining jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, standartlarning 
yuqori sifatli va samarali bo’lishini ta’minlash uchun ularning ishlab chiqish bosqichida 
quyidagi majburiy printsiplarni bajarish shart.
1. 
Sistemalilik printsipi. Texnik taraqqiyot va ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
sifatining ortishi kishilarning mehnati, mehnat vositalari hamda mehnat predmetlarini 
birlashtiruvchi ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan sistemali yondoshuvni taqozo qiladi.
Sistema deganda, ko’zlangan maqsadga maksimal samaradorlik va eng kam 
xarajatlar bilan erishishni ta’minlaydigan o’zaro bog’langan elementlar to’plamining 
faoliyati tushuniladi. Elementlar sistemasining miqdoriy aloqalari determinatlashgan yoki 
tasodifiy bo’lishi mumkin.
Sistemaga kiruvchi o’zaro bog’langan elementlar sistemasi ularni turli darajalarda 
ierarxik bog’liqligini o’rnatishga imkon beruvchi strukturani hosil qiladi.
2. 
Komplekslik va optimal chegaralanish printsipi. Standartlarni ishlab 
chiqishda standartlashtirishning yakuniy ob’ektiga ta’sir etuvchi barcha asosiy 
elementlarni e’tiborga olish kerak. Standartlashtirish ishlarini mehnat sarfini qisqartirish 
uchun asosiy ob’ektga unchalik ta’sir ko’rsatmaydigan omillar e’tiborga olinmaydi. 
Standartlashtirishda moddiy va moddiy bo’lmagan o’zaro bog’langan elementlar 
kompleksiga talab va tavsiflar sistemasi ko’rib chiqiladi.
3. 
Standartlarni optimallashtirish va progressivlik printsipi Standartlar 
tomonidan o’rnatilgan ko’rsatkichlar, me’yorlar, tavsiflar va shartlar fan, texnika va 
ishlab chiqarishning jahon darajasiga javob berishi kerak. Ular standartlashtirilayotgan 
ob’ektlarning rivojlanish yo’nalishlarini e’tiborga olishlari shart.
4. 
Standartlashtirilayotgan mahsulotning bog’liqligini ta’minlash printsipi
Mahsulotlar ekspluatatsiya qilish ko’rsatkichlari bo’yicha bir-birining o’rnini bosishni 
ta’minlashga imkon beruvchi bu printsip kompleks standartlashtirishda, shuningdek 
mahsulotlarni standartlash-tirishda, texnik shartlarni ishlab chiqishda asosiy o’rin tutadi. 
5. 
Standartlarning 
o’zaro bog’liqlik printsipi. Umumtexnikaviy va 
tarmoqlararo standartlarning ko’p sonli, turli-tumanligi ular o’rtasida o’zaro bog’liqlik 
o’rnatishni taqozo etadi. Kompleks standartlashtirish usuli ushbu printsipning muhimligi 
va samaradorligining yaqqol misolidir. SHuningdek, standartlashtirish sohasidagi 
qo’llaniladigan tushunchalarning o’zaro bog’liqligi ham muhimdir.
6. 
Standartlarni ishlab chiqishning ilmiy-tadqiqot printsipi. Standartlarning 
loyihalarini tayyorlash va muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun faqatgina amaliy tajribani 
keng umumlashtirishgina emas, balki maxsus nazariy, eksperimental va tajriba 
konstruktorlik ishlarini ham amalga oshirish zarurdir. Bu printsip barcha standartlarga 
tegishlidir.
7. 
Ustivorlik printsipi. Odatda tipik birlashmalar va detallarning tipi va 
o’lchamlari, shuningdek boshqa parametrlar ishlab chiqarishning turli tarmoqlari uchun 


88 
bir vaqtda standartlashtiriladi. SHuning uchun bunday standartlar parametrlari bo’yicha 
katta diapazonni egallaydilar.
SHu printsipga ko’ra rezbalarning metrik qadami va diametri qatori, normal 
burchaklar qatori va boshqalar tuziladi. Bundan tashqari mahsulot tiplari, tip o’lchamlari, 
parametrlarini 
qo’llashga 
ruxsat 
etiladigan 
zaruriy 
minimumiga 
keltiradigan 
chegaralangan tarmoq standartlarini ham yaratish tavsiya etiladi.
8. 
Dinamika printsipi. Iqtisodiyotning samaradorligini oshirish uchun 
standartlashtirish ob’ektlarining texnika taraqqiyoti shartlariga javob beradigan darajada 
bo’lishlari uchun vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqish zarur.
9. 
Minimal moddiy xarajatlar ulushi. To’qimachilik va yengil sanoat 
mahsulotlarida moddiy sarf xarajatlarni ulushi 65-80% ni tashkil etadi. SHuning uchun 
ham mahsulot birligiga ketadigan xom-ashyo sarfini qisqartirish muhim ahamiyatga 
egadir. Mahsulotlarni standartlashtirishda xom-ashyo sarfi ulushini qisqartirishga imkon 
beradigan ilg’or texnologiyani tatbiq etish, eng maqbul bichish kartalarini qo’llash, 
mahsulotning uzoqqa chidamlilik, ta’mirlanuvchanlik xususiyatlarini yaxshilash moddiy 
xarajatlar ulushini qisqartirishga imkon beradi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling