Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Mahsulotlarni ishlab chiqarish uch bosqichni o’z ichiga oladi


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

 
Mahsulotlarni ishlab chiqarish uch bosqichni o’z ichiga oladi: 
 
 ishlab chiqarishga qo’yish; 
 ishlab chiqarishga yo’l berish; 
 ishlab chikarishdan olib tashlash. 
Ishlab chiqarishga qo’yish ishlab chiqarishga tayyorlash va o’zlashtirishni o’z
ichiga oladi. 
Ishlab chikarishga tayyorlash mahsulotlarning texnologik jarayonini ta’minlash va 
tayyorlash xarakatlarini ko’zda tutadi. 
Direktiv ishlab chiqarish – mahsulotlarni to’liq ishlab chiqilgan konstruktorlik va 
texnologik hujjatlar asosida ishlab chiqarishdir. 
Mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash– mahsulotlarning sanoat ishlab 
chiqarilishini to’htatish tadbirlari majmuidir. 


49 
Mahsulotlarni ishlab chiqarishni to’xtatish quyidagi xollarda amalga oshiriladi: 
zamonaviy talablarga mos kelmasa; yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan yangi 
mahsulotlarning yaratilishida; ekspluatatsiya yoki ehtiyoj xususiyatlari kamayganda, 
odamlar sog’ligiga va atrof muhit xolatiga yomon ta’sir qiladi deb aytilganda. 
Muomala va sotish – mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan 
yuklatilgandan to iste’molchi olguniga qadar bo’lgan hayot tsiklining bir qismidir.
Muomala va sotishmahsulotni ekspluatatsiya qilish – uning sifatini tiklanishiga va 
saqlanib turishiga yordam beruvchi mahsulot hayot tsiklining bosqichidir.
 
5.5. Mahsulot sifatini nazorat qilish 
Boshqarilayotgan ob’ekt to’g’risida ma’lumotlar to’plash maqsadida sifatni nazorat 
qilishning zaruriyligi GOST 15467-79 da ko’rsatilgan: «Mahsulot sifatini boshqarish – 
mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash, ishlab chiqarish, ekspluatatsiya yoki iste’mol 
sohasida mahsulot sifatida muntazam nazorat qilish va sifatga ta’sir qiluvchi omillarni 
maqsadga yo’naltirilgan ravishda boshqarish orqali zaruriy sifat darajasini o’rnatish, 
ta’minlash va saqlab turishdan iboratdir».
Mahsulotni nazorat qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi: haqiqatda mahsulotning 
holati to’g’risida ma’lumotlar olish (uning miqdoriy va sifat belgilari to’g’risida); olingan 
ma’lumotlarni oldindan o’rnatilgan texnik shartlar bilan taqqoslash, ya’ni ikkilamchi 
ma’lumotlarni olish. Haqiqatdagi ko’rsatkich, normativ shartlarga mos kelmagan hollarda 
nazorat ob’ektiga normativ shartlardan chekilanishni yo’qotish maqsadida boshqaruv 
ta’sirini amalga oshiriladi.
Nazoratning asosiy tushunchalari GOST 16.501-81 da ko’rsatilgan. Nazorat 
turlarining klassifikatsiyasi 1.10-rasmda keltirilgan. Sifat muammosining murakkabligi 
korxonada mahsulot sifatini boshqarishga kompleks yondoshishni talab qiladi. 1.11-
rasmda yirik korxonalarda sifatni boshqarish xizmatlarining funktsiyalari keltirilgan. 
Yirik korxonalarda sifatni nazorat qilish sistemasiga mahsulotni ishonchlilik 
ko’rsatkichlari bo’yicha nazorat qilish, mahsulotning tajriba namunalarini, maketlarni 
tekshirish bo’linmalari kiradi.
Nazorat funktsiyalariga bevosita o’lchov vositalaridan, elektron, kompьyuter 
qurilmalaridan to’g’ri foydalanishni ta’minlaydigan, ularning holatini nazorat qiladigan 
ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash ham qo’shilib ketadi.
Nihoyat, dasturlarni tayyorlash va kadrlarni o’qitish va malakasini oshirish, ularni 
motivlashtirish va rag’batlantirish sifat masalalarining muvaffaqiyatli yechilishi uchun 
zarurdir. Har bir korxona ham sifatni boshqarish sifatlarini to’liq imkoniyatiga ega emas. 
Kichik korxonalar, odatda, maxsus maslahatchi, injiniring firmalarining xizmatidan 
foydalanadilar, sifat bo’yicha muhandis bo’lishi bilan cheklanadilar.
Zamonaviy texnikaviy nazoratning asosi bo’lib matematika-statistik uslublar 
hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish ikkita usulda ta’minlanishi mumkin: mahsulotni 
yaroqli va yaroqsizga ajratish bilan va texnologik aniqlikni oshirish yo’li bilan. Ko’pdan 
beri nazorat usullari mahsulotni yakuniy bosqichda murakkab tekshirish orqali yaroqsiz 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling