Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

Mahsulotning sifati ko’rsatkichi deb uning sifatini belgilovchi bir yoki bir necha 
xossa-xususiyatlarning miqdoriy tavsifiga aytiladi.

Mahsulotning belgisi – uning barcha xususiyat va holatlarining sifat va miqdoriy 
tavsifidir.

Mahsulotning parametri – uning belgisi bo’lib, barcha miqdoriy xususiyat va 
xolatlarni ifodalaydi.

Mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichi deb, uning biror xossa yoki xususiyatini 
ifodalovchi ko’rsatkichga aytiladi. Mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichiga misol qilib
gazlamalarning 
havo 
o’tkazuvchanligi, 
cho’ziluvchanligi, 
chidamliligi 
kabi 
xususiyatlarini keltirishimiz mumkin. 

Mahsulot sifatining kompleks ko’rsatkichi deb, uning bir necha xossa 
xususiyatlarini ifodalovchi ko’rsatkichlarga aytiladi. Mahsulot sifatining kompleks 
ko’rsatkichiga tortilgan o’rtacha qiymat ko’rinishida aniqlangan ko’rsatkichni misol qilib 
keltirishimiz mumkin: 



n
i
i
i
o
Z
K
K
1
bu yerda 
Ki- mahsulotning i xususiyatining ko’rsatkichi. 
Zi- Ki ko’rsatkichning ulushini ifodalovchi koeffitsient. 
2. Guruhlar bo’yicha aniqlangan kompleks ko’rsatkichlar hamda alohida ajratib 
ko’rsatilgan, muhim ahamiyatga ega bo’lgan birlik ko’rsatkichlar taqqoslash asosi qilib 
qabul qilingan ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
Odatda, o’lchash yo’li bilan mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichlari aniqlanadi.
Huquqiy-patent va iqtisodiy ko’rsatkichlar, mahsulotning bir tekisdaligi 
ko’rsatkichi, standartlash va unifikatsiyalash hisoblash orqali amalga oshiriladi. 
Hisoblash yo’li bilan, yuqorida aytib o’tganimizdek, sifatning kompleks ko’rsatkichlarini 
aniqlash mumkin.
Sifat ko’rsatkichlarini taqqoslashni intervallar shkalasi yoki nisbatlar shkalasi 
orqali ham ifodalash mumkin. Sifat ko’rsatkichlarini taqqoslashda ko’rsatkichlar 
dinamikasining tavsifi ham e’tiborga olinadi.
i
iбаз
iбаз
i
P
P
ёки
P
P

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling