Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


 – rasm. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini aniqlash usullari klassifikatsiyasi


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

6 – rasm. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini aniqlash usullari klassifikatsiyasi. 
O’lchash usuli texnik o’lchov asboblari yordamida olingan ma’lumotlarga 
asoslangan. ¤lchash usuli yordamida mahsulotning og’irligi, bo’yi, eni, razmeri kabi 
parametrlarini aniqlash mumkin. 
Hisoblash usuli nazariy yoki empirik bog’lanishlar yordamida olingan 
ma’lumotlardan 
foydalanishga 
asoslangan. 
Bu 
usuldan 
loyiha 
bosqichida 
mahsulotlarning og’irligini, unumdorligini, quvvati, chidamliligi kabi ko’rsatkichlarni 
aniqlashda qo’llaniladi. 
Organoleptik usul – sezgi organlari: ko’rish, eshitish, sezish organlari orqali 
olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik 
mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan 
ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik 
mahsulotlarining tashqi ko’rinishi, ko’zga tashlanuvchanligini baholashda qo’llaniladi. 
Qayd etish usuli ma’lum voqeliklar, predmetlar yoki xarajatlarning, masalan, sinov 
paytida sinovdan o’tolmagan mahsulotlar sonini hisoblash yo’li bilan olingan 
ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan.
An’anaviy usul – muassalar va korxonalarning maxsus eksperimental va hisoblar 
bo’liimlaridagi mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi (ularga ixtisoslashgan 
laboratoriyalar, poligonlar, sinov stendlari va boshqalar kiradi). 


42 
Ekspert usulida mahsulot sifat ko’rsatkichlarini baholash mutaxassis ekspertlar 
guruhi, ya’ni dizaynerlar, degustatorlar, tovarshunoslar va shu kabilar tomonidan amalga 
oshiriladi.
Ijtimoiy usuli mahsulotning haqiqatdagi yoki potentsial iste’molchilariga tayanadi. 
Iste’molchilarning fikri to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash, so’roq qilish yoki maxsus 
so’roq anketalari orqali, ko’rgazmalar, konferentsiyalar va boshqalar orqali amalga 
oshiriladi. Bitta turdagi mahsulotning sifati darajasini baholash differentsial, kompleks 
va aralash usullar orqali amalga oshiriladi. Mahsulot sifati darajasini baholashning 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling