Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

differentsial usuli baholanayotgan mahsulot turining sifat ko’rsatkichlarini tegishli bazis 
ko’rsatkichlari bilan taqqoslash orqali, ya’ni baholanayotgan mahsulotning sifat 
ko’rsatkichi R
1
taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namuna ko’rsatkichlari R
1
baza bilan 
taqqoslanadi.
Har bir ko’rsatkich uchun baholanayotgan mahsulotning nisbiy sifat ko’rsatkichlari 
quyidagi formulalar orqali aniqlanadi: 
Qi=P
i
/P
ibaz
(1.1)
Qi=P
ibaz
/P
i
(1.2) 
Bu yerda R
i
– baholanayotgan mahsulot i-sifat ko’rsatkichining miqdoriy qiymati; 
R
ibaz
-taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namunaning i-sifat ko’rsatkichining 
miqdoriy qiymati. 
(1.1.) formula sifat ko’rsatkichining absolyut jihatdan ortishi mahsulot sifatining 
yomonlashuviga olib keladigan holatlarda qo’llaniladi.
Ba’zan mahsulot sifati darajasini baholashda mushkul holatlar ham uchraydi. 
Bunday xolatlarda barcha ko’rsatkichlarni ahamiyatlilik darajasiga ko’ra ikki guruhga 
bo’lish maqsadga muvofiqdir. Birinchi guruhga mahsulotning muhim xossa-
xususiyatlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni, ikkinchi guruhga esa ikkinchi darajali 
ko’rsatkichlarni kiritiladi. Agar birinchi guruhga qiymati birdan katta yoki birga teng 
bo’lgan barcha nisbiy ko’rsatkichlarni kiritib, ikkinchi guruhga esa asosiy qismi birdan 
kichik bo’lmagan ko’rsatkichlarni kiritilsa, taqqosalanayotgan mahsulotning sifat darajasi 
namunaning sifat ko’rsatkichlaridan past emasligini ko’rishimiz mumkin.
Sifat darajasini baholashning kompleks usuli sifatning kompleks (umumlashgan) 
ko’rsatkichlaridan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan mahsulot sifati darajasini faqat 
bitta son bilan ifodalash maqsadga muvofiq bo’lgan holatlarda foydalaniladi. Kompleks 
usuliga ko’ra sifat darajasi baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat 
ko’rsatkichini taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namunaning umumlashgan sifat 
ko’rsatkichi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
)
3
.
1
(
,
1
fp
Q
Q
Q

Kompleks baholashning mukammalligi umumlashgan sifat ko’rsatkichini ob’ektiv 
topishdadir.
Baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko’rsatkichlari bilan e’tiborga 
olinayotgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’liqlikni tavsiflash imkoniyati bo’lgan barcha 
holatlarda quyidagi funktsional bog’liqlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
.)
4
.
1
(
)
*
(
1

i
P
n
f
Q

Barcha bo’lishi mumkin bo’lgan usullar, shu jumladan ekspert usulida ham ushbu 
bog’liqlikning ko’rinishi turlicha bo’lishi mumkin. Odatda, bunday hollarda 


43 
umumlashgan ko’rsatkich qilib mahsulotning xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy 
ko’rsatkichlardan biri qabul qilinadi.
Aralash usulda mahsulot sifatini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga 
oshiriladi: 
1. Sifatning birlik ko’rsatkichlarini bir qator guruhlarga birlashtiriladi. Guruhlar 
bo’yicha sifatning kompleks ko’rsatkichlari aniqlanadi.
Mahsulot sifatini baholashda quyidagi tushunchalarni bir-biridan farqlash muhim 
ahamiyatga ega:


Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling