Matematika o’qitish usullari va yangi pedagogik texnologiyalar


Download 0.71 Mb.
bet1/5
Sana03.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1744726
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Asadbek Komilov matematik praktikum slayd

Matematika o’qitish usullari va yangi pedagogik texnologiyalar.

REJA:

Pedagogik texnologiya fanining vujudga kelishi

  • XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika soxasida yuz bergan inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur'ati moddiy ishlab chiqarish jarayonini nazariy (g’oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishini ta'minladi. Yangi xizmat ko’rsatish sohalarining paydo bo’lishi, yangicha turmush tarzi kishilarning moddiy va ma'naviy extiyojlarining ortib borishiga zamin yaratdi.
  • Texnologik yondoshuv ishlab chiqarish jarayonining umumiy tavsifini yoritishga xizmat qiladi.

Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta'lim berishga yo’naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo’lsa, bugungi kunga kelib ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o’ta qat’iy hamda murakkab talablar qo’yilmoqda. Chunonchi, murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayonining moxiyatini to’laqonli anglash imkoniyatiga ega, favqulodda ro’y beruvchi vaziyatlarda kam yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta oluvchi malakali mutaxassisni tayyorlashga bo’lgan ijtimoiy extiyoj ta'lim jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etishni taqozo etmoqda.
Ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida aytilgan dolzarb muammolarni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.
Shuni aytish joizki, ta'lim texnologiyalari, pedagogika ilmining tadqiqot obyekti sifatida, anik fanlarni o’kitish uslubi sifatida maydonga chiqqan edi, endilikda ijtimoiy fanlarni o’qitishga ham yangicha yondashuv lozim deb topilmoqda.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling