- Innovatsion pedagogik texnologiya — ta'limning har qanday soxasida istalgan natijaga erishish uchun ilmiy va amaliy asoslangan yangi usullar va vositalar sistema(majmua) sidir.
- Ta'lim texnologiyalari orasida muxim o’rinni o’quv jarayonini sifatli boshqarishni va qo’yilgan o’quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan hamda ta'limga texnologik yondashuv egallaydi.
- Xorij adabiyotlarida technology in education - ta'limdagi texnologiyalar, technology of education - ta'lim texnologiyalari, Education technology - pedagogik texnologiya kabi atamalar mavjud.
- Bugun darslarni zamonaviy dars sifatida samarali tashkil etish uchun innovatsion pedagogik texnologiyadan xabardor bo’lishimiz kerak. Shu kunlarda O’zbekistonimizda «Pedagogik texnologiya», «Ta'lim texnologiyasi» va «O’qitish texnologiyasi» kabi tushunchalar bir ma'noda ishlatilib kelinmoqda.
- Pedagogika fani -insonlarga ta'lim-tarbiya berishni o’rgatuvchi fan. Metodika fani esa - insonlarga ta'lim-tarbiya berish usullari va yo’llarini, predmetlarni o’qitishning qonuniyatlarini o’rgatuvchi fandir. Umuman olganda, pedagogika bilan metodika bir-biridan ajralmas tushunchalardir.
- Pedagogik texnologiya tushunchasiga juda ko’p pedagog olimlarimiz tomonidan har xil ta'riflar berilgan. Quyida ularning ayrimlarini keltiramiz:
- Pedagogik texnologiya -texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta'sirini hisobga olgan xolda ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonlarining loyihalarini yaratish, qo’llash va aniqlashning sistemali metodi.(UNESCO)
- Pedagogik texnologiya — o’qituvchi maxoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir.(B.P.Bespalqo)
Pedagogik texnologiya tamoyillari - Pedagogik texnologiya - ta'limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti.(I.P.Volkov)
- Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi tomonidan o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan xolatda va ma’lum ketma-ketlikda ta'sir o’tkazish va aks ta'sir sifatida oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayoni.(N.Saidaxmedov)
- Pedagogik texnologiya - insonga oldindan belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat.(S.A.Usmonov)
Do'stlaringiz bilan baham: |