Pedagogik texnologiyani boshqa ta'lim usullaridan ajratib turadigan o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardir: - Birinchidan, avval ham bir necha bor takidlaganimizdek, pedagogik texnologiya sinergetik dunyokarashdan kelib chiquvchi obyektiv narsa va xodisalarga majmuaviy yondoshuv tamoyili asosida yaratilgan. Avvalgi pedagogik usullar, tuzilishi jixatidan erkin bo’lib, dars tarkibini belgilash o’qituvchi ixtiyorida bo’lgan.
- Ikkinchidan, pedagogik texnologiyada oldindan belgilangan asosiy maqsadga erishish kafolatlangan. Boshqa barcha pedagogik usullarda ta'lim-tarbiya faoliyatining kafolatlangan natijasi mavjud bo’lmay, stixiyali natijalar bilan kifoyalanib kelingan.
Pedagogik texnologiyani boshqa ta'lim usullaridan ajratib turadigan o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardir:
Uchinchidan, pedagogik texnologiyada, asosiy maqsadga erishish bosqichma - bosqich amalga oshirilib, har bir bosqichda oldinga qo’yilgan maqsadlar, bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar va talab
qilinadigan vositalar hamda usul va uslublarning aniq modullari xosil qilinadi. Boshqa pedagogik usullarda ta'lim - tarbiya jarayonining yakunida umumiy maqsad ko’yilib, unga erishish yo’llari o’qituvchining ixtiyoriga havola qilingan.
To’rtinchidan, pedagogik texnologiya universal xususiyatga ega bo’lib, uni har bir mutaxassis, a'lo bo’lmasa hamki, yaxshi amalga oshira oladi. Darsning intensivligiga va samaradorligiga, pedagogning maxorati va shaxsiy sifatlari deyarli ta’sir etmaydi. Chunki darsning loyixasi avvaldan, maxoratli metodist o’qituvchilar tomonidan tuziladi. Avvalgi dars berish usullarini amaliyotda qo’llash uchun, ma'lum darajada o’qituvchining pedagogik maxorati, shaxsiy sifatlari yetakchilik qilgan.
- Shu tamoyildan kelib chiqqan holda, rasmiy ta'lim-tarbiyani, bog’chadan boshlab to malaka oshirishgacha bo’lgan jarayonini yirik bir butunlik, ya'ni majmua deb qarashimiz to’g’ri bo’ladi. U quyidagi o’zaro funksional bog’lik bo’lga qismlardan tashkil topgan: maktabgacha ta'lim, umumiy o’rta ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim va malaka oshirish. Ko’rib turganimizdek bu tizimli, ochiq tipdagi, rivojlanib boruvchi, tiklanuvchi, tartibli, ko’p pog’onali, markazlashgan immanent va murakkab majmuadir. Tizimli yoki chiziqli deganda, uzluksiz ta'lim majmuasining qismlari muayyan bir ketma-ketlikda joylashgan bo’lib bir tomonga yo’naltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |