Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Sifatni boshqarishning xorij tajribasi


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

Sifatni boshqarishning xorij tajribasi. 
 
Jahon hamjamiyati mahsulot sifatiga texnik talablarni me’yorlashga yagona 
yondashuvni ishlab chiqdi. Ko’rsatma beradigan hujjatlar pog’onalarining piramidasi 1.1 
rasmda keltirilgan. Bunda qonunchilikka sifat va uni ta’minlash usullarini davlat 
tomonidan tartibga solish shakli sifatida qaraladi. Dunyoning turli mintaqalaridagi 
standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiyaning qonunchilik asoslari 1.1 jadvalda 
berilgan. 
Ilmiy – texnik taraqqiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida mahsulotning sifati 
milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining asosiy muammolariga aylanmoqda. Barcha sanoati 
rivojlangan mamlakatlarda jahon bozorida mahsulotning sifati, raqobatbardoshligini 
oshirish muammosini hal qilish yo’llari faol izlanmoqda.
Jahonning uch yetakchi mintaqasi: AQSH, Yaponiya va G’arbiy Yevropa misolida 
sifatni boshqarishning rivojlanish tarixini ko’rib chiqamiz. 
1
Харрингтон Д. Х. Управление ка
чеством в американских корпорациях: Сокр. пер. с англ. / Под. ред. Л. А. 
Конарева. М.: Экономика. 1990. 29 – 30 с. 



1.1 rasm. Texnik me’yorlar va talablar piramidasi. 
 
Sifatni boshqarishning AQSH tajribasi. 
Global sanoat salohiyatining katta qismi yo’q qilingan ikkinchi jahon urushidan 
keyingi davrda hamma davlatlarda keng iste’mol mahsulotlarining yuqori tanqisligi 
yuzaga kelgan. AQSH ning hududi to’pga tutilmagan yoki quruqlikdagi janglar 
maydoniga aylanmagan. Sobiq askarlarning uyiga qaytishi natijasida butun dunyoda 
ortgan ehtiyojlarni qondirish uchun AQSH sanoati tez o’sib, muzlatgichlar, televizorlar, 
avtomobillar va radiopriyomniklarni cheklanmagan miqdorda ishlab chiqara boshlagan. 
40 – 50 – yillarda Amerikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati past edi. Faqat 
rejalashtirilgan hajmda mahsulot ishlab chiqarishga e’tibor berilgan.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling