Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Texnologiyalar evolyutsiyasi va sifat tushunchasi


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

1.3.Texnologiyalar evolyutsiyasi va sifat tushunchasi 
 
Texnologiyalarning 
rivojlanish 
bosqichlari. 
Zamonaviy 
texnologiyalar 
taraqqiyotining birinchi bosqichi yangiliklar texnologik kompleksining yuzaga kelishi va 
yoyilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu kompleksning yangi g’oyalari insonning tabiat
mehnat predmetlariga bevosita ta’sir etish funktsiyalarini texnikaga o’tkazishni 
ta’minladi. Qayta ishlash va o’lchov asboblari, moslamalari, mexanizmlari kashf qilindi 
va mashina qurollari sifatida ishlatildi. 
Ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy kategoriya sifatida “sifat” tushunchasining 
rivojlanishi elektronika sanoati misolida ko’zga yaqqol tashlanadi. Elektronika sanoati 
taraqqiyotining muayyan bosqichida texnologiya chiqindisiz ishlab chiqarishni 
ta’minlashda yaroqsiz hisoblandi. O’zining xususiyatiga ko’ra elektronika sifat haqidagi 
tasavvurni sezilarli darajada o’zgartirib yubordi. 
Yuzaga kelgan nuqsonni hamma vaqt ham aniqlab bo’lmasligi tufayli nuqsonli 
mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida qolaveradi va keyingi qayta ishlashga uzatiladi. 
SHuningdek, ayniqsa 5 – 30% lik yaroqsiz mahsulotlarning chiqishida sifatli 
mahsulotning qiymati keskin ortadi.
1.4.100% lik yangi sifat siyosati 
 
Mashhur Amerika kompaniyasi IBM Yaponiya tajribasidan foydalangan holda 80 – 
yillardan boshlab 100% darajadagi sifat siyosatini olib borishga o’tdi. Ushbu siyosat 
natijasida mazkur kompaniya 90 – yillarda superkompьyuterlarni ishlab chiqarish va 
sotish yuzasidan AQSH mudofaa vazirligi bilan shartnomalarni imzolashga muvaffaq 
bo’ldi.


13 
Bu siyosatning asosida sifatni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan harajatlarning o’zaro 
munosabati yotadi: loyihalashdan ishlab chiqarishga, jihozlarni o’rnatish va so’ngra 
ularni ekspluatatsiya qilishga qarab harakatlanishning har bir bosqichida zarur harajatlar 
ortib boradi. Ya’ni agar loyihalash bosqichida xatoni bartaraf qilish 1000 so’mni tashkil 
qilsa, u holda mashinani ishlab chiqarish bosqichida u 10 ming so’mga yetadi, 
buyurtmachiga montaj qilish va o’rnatish bosqichida – 100 ming so’m, foydalanish 
bosqichida u 1 mln. so’mni tashkil qiladi (agar bartaraf etishning iloji bo’lsa). 
Milliy mashinasozlik sanoatida sifatni ta’minlash bo’yicha harajatlarni tadqiq qilish 
xuddi shunday natijalarni ko’rsatmoqda. Ular 2 jadvalda keltirilgan ma’lumotlarda o’z 
aksini topgan. 
Sifatni ilgarigi tushunishga qaytish yuz beradi. Bunday tushunishda mahsulotlar 
yoki xizmatlarning 100%i o’rnatilgan talablarga to’liq mos keladi, lekin sifatning 
bunday darajasini ta’minlash murakkab xususiyatga ega.
Sifatga taktik yondashuv ishlab chiqarish va tayyorlanayotgan mahsulot turlari, 
talab va taklifning munosabati, mazkur mahsulotning asosiy ishlab chiqaruvchilarining 
raqobat kurashiga ko’p jihatdan bog’liq. SHunga ko’ra, rejalashtirilgan sifat darajasiga 
erishish yo’llari va vositalari izlanadi. Boshqa tomondan, bir qator yo’nalishlarda sifatga 
erishish strategiyasi umumiylik kasb etib boradi. 
2- jadval 
Mahsulot hayotining bosqichlari bo’yicha umumiy harajatlarning sifat darajasini 
ta’minlashga ta’siri 
Buyum hayotining bosqichi 
Umumiy harajatlardagi 
ulushi (%) 
Bosqichning 
umumiy 
harajatlarga ta’siri (%) 
Tadqiq 
qilish 
va 
ishlab 
chiqish 
1 – 6 
60 – 80 
Ishlab chiqarish 
40 – 45 
5 – 10 
Ekspluatatsiyalashgacha olib 
borish 
5 – 15 
20 – 30 
Ekspluatatsiya 
40 – 54 
15 – 25 
Masalan, ATT, “Eyvon”, “Korping Glase”, “Deneral Motorz”, “Xьyulett – 
Pakkard”, “IBM”, “Polaroid” kabi Amerikaning turli kompaniyalari sifatni boshqarish 
sohasida o’zlari uchun yagona bo’lgan o’n asosiy yo’nalishlarni ishlab chiqqanlar: 
1. Yuqori pog’onadagi rahbariyatning qiziqishiga erishish. 
2. Sifatni yaxshilash bo’yicha boshqaruv kengashini tashkil qilish. 
3. Butun boshqaruv jamoasini jalb qilish. 
4. Sifatni oshirishda jamoa ishtirokini ta’minlash.
5. Sifatni oshirishda shaxsiy ishtirokni ta’minlash. 
6. Tizimlarni takomillashtirish, jarayonlarni tartibga solish guruhini tashkil qilish. 
7. Ta’minotchilarni sifat uchun kurashga yanada ko’proq jalb qilish. 
8. Boshqaruv tizimlari faoliyatining sifatini oshirish tadbirlari. 
9. Ishni yaxshilashning qisqa muddatli rejalari va uzoq muddatli strategiyasi. 
10. Xizmatlarni tan olish tizimini yaratish. 
Bu yo’nalishlar sifatni boshqarishning tashkiliy – iqtisodiy asoslarining mazmunini 
ifodalaydi. 


14 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling