21
1. Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning individual shakli.
2. Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning tsex shakli.
3. Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning sanoat (industrial) shakli:
a) Sifat nazorati, Teylor tizimi – (XIX a. oxiri – XX asrning 20 yy.);
b) Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish – (XX asrning 20–50 yy.);
v) Sifat boshqaruvi – (XX asrning 50–80 yy.).
4. Postindustrial davr, Sifatni yalpi boshqarish (TQM) – (XX asrning 80 yillaridan –
hozirgi kunga qadar).
Jahonda sifatni boshqarish taraqqiyotining tarixan ilk bosqichi –
sifat bo’yicha
ishlarni individual ravishda tashkil qilish shakli bilan bog’liq bo’lgan davriga to’g’ri
kelgan. Bu shakl manufakturaga qadar hunarmandchilik
ishlab chiqarishi uchun xos
bo’lgan. Bunday shaklning mazmuni shundaki, bir ishchi mahsulotni yaratish, tayyorlash
va sotish borasidagi masalalarni mustaqil o’zi hal qilib,
sifati uchun ham barcha
javobgarlikni o’z zimmasiga olgan (boshqalar esa bu javobgarlikka tortilmagan).
Sifatni boshqarishning ilmiy uslublari va tamoyillarining yaratilishini asosan shu
davr bilan bog’laydilar.
Bu davrga, yuqorida aytilganidek,
uch kontseptsiya nuqtai
nazaridan qaraladi:
1) Sifat nazorati, Teylor tizimi;
2) Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish, SCQ;
3) Sifatni umumiy nazorat qilish, TQS.
Sifatni umumiy boshqarish kontseptsiyasi (TQM) – yuqorida ko’rsatilgan uch
kontseptsiyaning taraqqiy etgan hosilasi hamda jamiyatning postindustrial rivojlanish
davriga o’tishi natijasidir. (1-jadval). Bu kontseptsiyalar to’g’risida
keyingi paragrafda
alohida to’xtalib o’tamiz.
Nazarat savollari:
1.Sifatni boshqarish taraqqiyotini qanday shakllarga bo’lish mumkin?
2.Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil etishning individual shaklini tavsiflab bering.
3.Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil etishning tsex shakli deganda ni mani
tushunasiz?
4.Sanoat(industrial) shaklining o’ziga xos tomonlarini yoritib bering.
5.Postindustrial davrda sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil etish?
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: