Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

 
 
3-Mavzu. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari 
 
3.1. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari bo’yicha umumiy 
tushunchalar. 
3.2.Sifat nazoratining Teylor tizimi, statistik usullar. Sifatni umumiy nazorat 
qilish 
3.3.Total Quality Management (TQM) kontseptsiyasi. 
3.4.Standartlarni vujudga kelishi 
3.5.Sifatni boshqarish tizimi va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarining 
mohiyati 
 
3.1. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari bo’yicha umumiy 
tushunchalar 
 
Sifatni boshqarish taraqqiyotini muhokama etish uchun A.V. Glichev va V. Ye. 
SHvets yondoshuvlari asosida tuzilgan quyidagi davriy bo’linishlarga asoslanish 
mumkin: 


21 
1. Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning individual shakli. 
2. Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning tsex shakli. 
3. Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning sanoat (industrial) shakli: 
a) Sifat nazorati, Teylor tizimi – (XIX a. oxiri – XX asrning 20 yy.); 
b) Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish – (XX asrning 20–50 yy.);
v) Sifat boshqaruvi – (XX asrning 50–80 yy.).
4. Postindustrial davr, Sifatni yalpi boshqarish (TQM) – (XX asrning 80 yillaridan – 
hozirgi kunga qadar).
Jahonda sifatni boshqarish taraqqiyotining tarixan ilk bosqichi – sifat bo’yicha 
ishlarni individual ravishda tashkil qilish shakli bilan bog’liq bo’lgan davriga to’g’ri 
kelgan. Bu shakl manufakturaga qadar hunarmandchilik ishlab chiqarishi uchun xos 
bo’lgan. Bunday shaklning mazmuni shundaki, bir ishchi mahsulotni yaratish, tayyorlash 
va sotish borasidagi masalalarni mustaqil o’zi hal qilib, sifati uchun ham barcha 
javobgarlikni o’z zimmasiga olgan (boshqalar esa bu javobgarlikka tortilmagan).
Sifatni boshqarishning ilmiy uslublari va tamoyillarining yaratilishini asosan shu 
davr bilan bog’laydilar. Bu davrga, yuqorida aytilganidek, uch kontseptsiya nuqtai 
nazaridan qaraladi:
1) Sifat nazorati, Teylor tizimi;
2) Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish, SCQ;
3) Sifatni umumiy nazorat qilish, TQS. 
Sifatni umumiy boshqarish kontseptsiyasi (TQM) – yuqorida ko’rsatilgan uch 
kontseptsiyaning taraqqiy etgan hosilasi hamda jamiyatning postindustrial rivojlanish 
davriga o’tishi natijasidir. (1-jadval). Bu kontseptsiyalar to’g’risida keyingi paragrafda 
alohida to’xtalib o’tamiz. 
Nazarat savollari: 
1.Sifatni boshqarish taraqqiyotini qanday shakllarga bo’lish mumkin? 
2.Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil etishning individual shaklini tavsiflab bering. 
3.Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil etishning tsex shakli deganda ni mani 
tushunasiz? 
4.Sanoat(industrial) shaklining o’ziga xos tomonlarini yoritib bering. 
5.Postindustrial davrda sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil etish? 
1-jadval 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling