Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Total Quality Management (TQM) kontseptsiyasi (Sifatni yalpi boshqarish)


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

 
3.3.Total Quality Management (TQM) kontseptsiyasi (Sifatni yalpi boshqarish) 
 
Total Quality Management (TQM) kontseptsiyasi. XX asrning 70-80 yillarida jahon 
mahsulot va xizmatlar bozorining rivojlanishi, unda raqobatning keskinlashuvi va 
protektsionizm siyosatini olib borilishi, sifatni boshqarishning yangi davriga o’tishini 
taqozo etdi. CHunki, iste’molchini raqobatchilar mahsulotidan ko’ra kamroq qondirgan 
mahsulot raqobatga dosh berolmay qolgan edi.
Ta’kidlash lozimki, TQM kontseptsiyasi bir vaqtning o’zida shakllanmagan; u 
sifatni boshqarish taraqqiyotining butun zamonaviy bosqichi davomida shakllanib kelgan. 
Masalan, sifatni statistik usullar vositasida boshqarish bo’yicha V.SHuxart va E.Deming 
ta’riflashgan ko’pgina g’oyalar TQMning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. “Malaya 
entsiklopediya kachestva” muallifi N. Inyatsning fikricha, TQMning birinchi ma’lum 
bo’lgan modeli (garchi, bu model ilgari bunday atalmagan va nazarda tutilmagan bo’lsa-
da) 1951 yilda Deming Mukofotini ta’sis qilish mezonlariga kiritilgan edi. SHunga 
qaramay, odatda XX asrning 80-yillarini TQM kontseptsiyasining shakllanishi davri deb 
hisoblashadi. Masalan, aynan 1983 yilda A. Feygenbaumning “Sifatni umumiy nazorat 
qilish” (Total Quality Control, McGrawHill, 1983) kitobining 40-nashri chop etilgan edi. 
Feygenbaum kitobda TQM (Total Quality Management) “Sifatni yalpi boshqarish” 
kontseptsiyasiga birinchilardan bo’lib ta’rif bergan. Birinchi bo’lib sifat muammolarining 
ko’p qamrovligiga e’tiborni qaratgan “g’arb maktabi” namoyandalari (Filipp Krosbi, 
Tom Peters, Klaus Meler) TQM kontseptsiyasi shakllanishiga katta hissa qo’shganlar.


25 
Biroq TQMning shakllanish jarayoni shu kungacha ham tugallanmagan. Bu haqda 
ko’pgina nashrlar ham dalolat bermoqda. Jumladan, Yaponiya olimlar va muhandislar 
ittifoqining (JUSE) sifat bo’yicha tadqiqotchilar guruhi 1997 yilda ishlab chiqqan TQM 
Deklaratsiyasi shular jumlasiga kiradi. 
Hozirgi kungacha TQM kontseptsiyasining umum qabul qilingan yagona ta’rifi 
mavjud emas. ISO 8402 xalqaro standartida TQM tashkilotni boshqarishda sifatga 
qaratilgan, uning barcha a’zolari ishtirokiga asoslangan, iste’molchining ehtiyojini 
qondirish orqali va tashkilot, shu bilan birga jamiyatning barcha a’zolari foydasini 
ko’zlab, uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishga yo’naltirilgan yondoshuv, deb 
izohlangan.
Panov A.N. tadqiqotida sifatni yalpi boshqarish - faoliyatning barcha yo’nalishlarini 
qamrab oluvchi boshqaruv tamoyilidir, ya’ni, bunda doimo takomillashib borish 
maqsadida, barcha xodimlar salohiyatidan imkon qadar ko’proq foydalanish evaziga 
iste’molchi va jamiyatning ehtiyoj va talablari, shuningdek, tashkilotning maqsad va 
vazifalari eng samarali tarzda qondiriladi, deb ta’riflanadi.
Sifat sohasidagi boshqaruvning yangi kontseptsiyasida rahbarlik uslubiga, xodimlar 
malakasiga, ularning xatti-harakatlari motivatsiyasiga va yangiliklarga bo’lgan 
munosabatiga ulkan ahamiyat beriladi. Korxonaning jamiyatdagi ijtimoiy rolining o’sib 
borishi, tashkilotchilik madaniyati, ya’ni qadriyatlar tizimi, axloq me’yorlari, mo’ljal va 
maqsadlar ahamiyatini yanada oshiradi. Xodimlar mehnati yanada ijodiy, yanada 
mas’uliyatli bo’lib qoldi. Inson resurslaridan oqilona, to’liq foydalanish va ularning 
ehtiyojlarini ko’proq hisobga olish orqali, TQM kontseptsiyasi tashkilotlar ichida o’z-
o’zini rivojlantirish va malakasini oshirish uchun asos yaratdi.
A.V.Glichevning fikricha, TQMning asl mohiyati - korxona faoliyatining barcha 
qirralarini, binobarin, barcha xodimlarni sifatni yaxshilash g’oyasi bilan qamrab olish 
vazifasi qo’yilishidadir.
SHunday qilib, yangi kontseptsiyaning asosiy e’tibori tashqi iste’molchilarning, 
ya’ni, ayrim iste’molchilar va butun jamiyatning ehtiyojini qondirish va istagini 
aniqlashga, shuningdek, ichki iste’molchilarning, ya’ni tashkilot jamoasi a’zolarini 
qondirishga qaratilgan. Ya’ni, sifatning ijtimoiy yo’nalishi birinchi o’ringa chiqadi.
Bundan tashqari, boshqa manfaatdor taraflar: investorlar, aktsiyadorlar, 
ta’minotchilarga ham katta ahamiyat beriladi.
Bu davrda, 1987 yilda ISO 9000 sifat standartlarining birinchi tahririni chiqishi 
muhim voqea bo’ldi. Bu standartlarda, sifat muammolarini yechish uchun
korxonalardagi 
barcha 
faoliyat 
turlarini 
bir 
butun 
holda 
rivojlantirish 
va 
muvofiqlashtirishga asoslangan tizimli yondoshuvni qo’llash zarurligiga alohida 
ahamiyat beriladi. Bu hujjatlar ikkinchi jahon urushidan keyingi sifat rivojlanishida 
mavjud bo’lgan ikki yo’nalishning natijasidir. Bir tomondan, bu unifikatsiya va 
standartlashtirishga intilish bo’lsa, ikkinchi tomondan, sifatni yalpi va har tomonlama 
boshqarish tamoyillarini ommalashtirilishidir. ISO 9000 standartlaridan tashqari, TQM 
strategiyasining kompaniya va tashkilotlar o’rtasida keng ommalashishiga sifat 
sohasidagi milliy mukofotlar ham xizmat qildi. 1987 yilda sifat bo’yicha Malkolьm 
Boldrij nomli Amerika mukofoti (Malcolm Baldrige National Quality Award) ta’sis 
etildi. 1992 yilda esa ilk bor sifat bo’yicha Yevropa mukofoti (European Quality Award) 
topshirildi.
Sifat masalalarining taraqqiyotiga bag’ishlangan adabiyotlarda TQM kontseptsiyasi 
rivojlanishini odatda jamiyatning postindustrial, axborot davriga o’tishi bilan bevosita 
bog’lamasa-da, bu ikki tendentsiyani o’zaro bog’lash uchun asos bor.


26 
Sifat menejmentining kelgusi istiqboli jamiyatga diqqat-e’tiborning tobora ortishi
ijtimoiylashuvi darajasi bilan uzviy bog’liqdir. G.Nivning “Doktor Deming hududi” 
kitobida Demingning sifat g’oyasi bilan bog’lanuvchi sifat inqilobi – ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning ob’ektiv tendentsiyalari hamda yangi iqtisodiyot davri vujudga kelishi 
natijasida hosil bo’lgan menejment falsafasi va usullaridagi chuqur o’zgarishlar davri 
uchun muqaddima, xolos, deb ta’kidlanadi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling