Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


ISO 9000 seriyali standartlarning tarkibiy tuzilishi


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

4.2.ISO 9000 seriyali standartlarning tarkibiy tuzilishi 
 
1987 yil 9000 seriyali ISO standartlarining beshtasi nashr etilgan: ISO 9000, ISO 
9001, ISO 9002, ISO 9003 va ISO 9004. 1986 yilda esa, sifat ta’minoti sohasidagi ISO 
8402 atama va tushunchalarning uch tildagi lug’ati ishlab chiqilgan. ISO 9000 standarti 
esa, 9000 seriyali ISO standartlaridan qaysisini tanlash va qanday qo’llash bo’yicha 
yo’riqnomani o’z ichiga olgan. ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 standartlari (“sifatni 
ta’minlash modellari”, deb ham ataladi) mahsulot hayotiy tsiklining turli bosqichlari 
uchun mo’ljallangan, sifat tizimiga qo’yilgan me’yoriy talablardan iborat bo’lib, 
mahsulot ishlab chiqaruvchining sifat tizimini baholashning, shu jumladan, bu tizimni 
sertifikatlashning me’yoriy bazasi bo’lgan: 
- ISO 9001. To’liq ishlab chiqarish jarayonining sifat tizimi – yangi turdagi 
mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotishdan tortib, tayyor mahsulotga texnik 
xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladi;
- ISO 9002. Loyihalashtirishni o’z ichiga olmagan ishlab chiqarish jarayoni uchun, 
ya’ni, an’anaviy mahsulotni chiqarish uchun mo’ljallangan sifat tizimi; 
- ISO 9003. Faqat tayyor mahsulot nazoratini amalga oshiruvchi tashkilotlarga 
(ishlab chiqarish jarayoni bunga kirmaydi) mo’ljallangan sifat tizimi, masalan: savdo 
tashkilotlari va vakolatxonalari;
ISO 9001 modeli eng umumiy bo’lib, boshqa ikki sifat modellarining ham 
talablarini o’z ichiga olgan. ISO 9004 standarti sifat tizimiga bo’lgan talablarni 
izohlovchi yo’riqnomalardan iborat bo’lib, korxonada sifat tizimlarini ishlab chiqish va 
joriy etish uchun mo’ljallangan.
3
ИСО 9001 Разработка, внедрение, сертификаtsия, улучшение системы менеджмента качества.Практическое 
руководство длya специалистов по качеству.С-Петербург. ООО “Издательство Форум Медиа”, август 2006 
г., 1.3-банд,


29 
Ta’kidlash joizki, 9000 seriyali ISO standartlarini doimiy ravishda qayta ko’rib, 
yangilab borish talab etiladi. Birinchi marta ular 1994 yil iyulida qayta ko’rib chiqilgan. 
Standartlarga kiritilgan o’zgartirishlar 1987 yil standartlari tuzilishiga nisbatan asosiy 
yondoshuvlarga zid bo’lmagan va sifat tizimlari bo’yicha ilk standartlarni qo’llash 
borasidagi amaliy tajribani, hamda sifatni boshqarish sohasidagi taraqqiyotni aks ettirgan. 
Yanada kengaytirilgan 9004 (1,2,3,4) standartlarida esa, dasturiy mahsulotlar, ishlov 
beriladigan material va xizmatlarning sifatini ta’minlash masalalariga ko’proq e’tibor 
qaratilgan.
2000 yil 15 dekabrda 9000 seriyali ISO standartlarining yangi tahriri rasman nashr 
etildi. Standartlar to’plami endi 4 ta asosiy standartdan iborat: 
1. ISO 9000:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy qoidalar va lug’at” – sifat 
menejmenti tizimlarining asosiy qoidalari va SMT atamalarini izohlaydi. 
2. ISO 9001:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Talablar” – sifat tizimlari uchun 
minimal zarur bo’lgan talablar majmuini joriy qilib, sertifikatlash va audit maqsadlarida 
qo’llaniladi. 
3. ISO 9004:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Faoliyatni yaxshilash bo’yicha 
tavsiyalar” - korxonalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan sifat menejmenti 
tizimlarini yaratish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalardan iborat. 
4. ISO 19011 “Sifat menejmenti tizimini tekshirish va atrof-muhitni himoyalash 
bo’yicha yo’riqnomalar”.
Standartlarning 
avvalgilaridan 
farqi 
shundaki, 
endi 
SMTning 
talablari 
korxonalarning turi bo’yicha ajratilmaydi: avvalgi tahrirlardagi ISO 9001, 9002, 9003 
standartlari yagona ISO 9001:2000 miqyosida jamlangan.
ISO 9000 standartlarining asosiy tamoyillari. 
Standartlarning yangi tahriri sifatni tizimli boshqarishning TQM g’oyalariga yaqin 
bo’lgan 8 ta tamoyilga (Standartning avvalgi tahririni qo’llaganda, tizimda shu standartda 
nazarda tutilgan 20 ta element mavjudligini tekshirish zarur bo’lgan) asoslangan
4
: Ular 
yordamida, korxona faoliyatini yaxshilashi mumkin. 1) Iste’molchiga e’tiborni qaratish
2) Yetakchilik; 3) Xodimlarni jalb qilish; 4) Jarayonli yondoshuv; 5) Menejmentga 
tizimli yondoshuv; 6) Doimiy takomillashuv;7) Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul 
qilish; 8) Ta’minotchilar bilan o’zaro manfaatli munosabatlar. Bu tamoyillarning har 
birini qisqacha ko’rib chiqamiz.  

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling