Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

3.4.Standartlarni vujudga kelishi 
 
Yaponiyada sifatni boshqarishga yondoshuvlarning urushdan keyingi faol 
rivojlanishi bilan bir vaqtda, Yevropa va AQSHda ham standartlarni ishlab chiqish va 
qo’llashga katta e’tibor qaratilgan. CHunki bu davlatlar Ikkinchi jahon urushi davrida 
artilleriya texnikasi ta’minoti sifati tufayli tajribaga ega edilar. Qo’shma SHtatlarda 
dastavval mahsulot sifatini texnik va texnologiya jihatdan nazorat qilishning ba’zi asosiy 
tamoyillari shakllanib, AQAP (Sifatni ta’minlash borasidagi jamlanma materiallar) nashr 
etilgan edi. Biroz vaqt o’tgach, bu tamoyillar Yevropada “Harbiy standartlar” NATO 
AQAP 100 (Allied Quality Assuranje Publication = ingl. “ittifoqchilarning sifat 
kafolatlari nashri”) hujjatlari seriyasi ko’rinishida chop etiladi. Dastlab Buyuk Britaniya 
AQAPni qabul qilmay, unga ekvivalent bo’lgan uchta mudofaa standarti - DEF.STAN 
05-21 / 05-24 / 05-29 larni afzal ko’rgan. Pirovard natijada AQAP standartlari 
DEF.STAN standartlari bilan birlashtirilgan. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining 
xaridlar bo’limi ularni DEF STANS hujjatlar seriyasi ko’rinishida nashr etgani tufayli
ular keyinchalik xususiy tashkilotlarda ham keng tarqaladi.
Bu standartlardan AQAP (Sifatni ta’minlash borasidagia jamlanma materiallar) 
nomi bilan ma’lum bo’lgan NATO doirasida qo’llaniladigan standartlar seriyasiga asos 
sifatida ham qo’llanilgan. 
Dastlab Buyuk Britaniya AQAPni qabul qilmay, unga ekvivalentda bo’lgan uchta 
mudofaa standarti - DEF.STAN 05-21 / 05-24 / 05-29 larni afzal ko’rgan. Pirovard 
natijada AQAP standartlari DEF.STAN standartlari bilan birlashtirilgan. 
Sifat standartlariga zarurat na tanho harbiy sohada, balki sanoatning boshqa 
tarmoqlar uchun zaruratga aylana oshladi. SHu tariqa BS 4891 va BS 5179 Britaniya 
standartlari vujudga kelib, ular amaliy jihatdan yo’riqnomaga o’xshash bo’lib, sifatning 
talablari sifatida sifatida qo’llash mumkin bo’lmagan. Keyinchalik uch qismli yanada 
takomillashtirilgan BS 5750 standarti ishlab chiqarilgan. 
Yapon mahsulotlarining Yevropa mamlakatlarini egallashi sifatni ta’minlash 
tizimlaridan foydalanish bilan bog’liq faoliyatni kuchaytirib yubordi. Biroq, har bir mijoz 
sifat nazorati tizimiga o’zicha yondoshgani sababli, umume’tirof etilgan standartlarni 
ishlab chiqishga zarurat tug’ildi. Buyuk Britaniyada 1979 yilda paydo bo’lgan BS 5750 
shunday standart bo’lib hisoblanadi. Aynan shu standart keyinchalik ISO 9000 seriyali 
standartlarni yaratish uchun asos bo’ldi.
SMT va ISO 9000 seriya standartlari rivojlanishiga katta hissa qo’shgan “g’arb 
maktabi”ning vakili, amerikalik mutaxassis Filipp B. Krosbi o’zidan oldingi 
hamkasblaridan farqli o’laroq, sifatni kompleks usulda yaxshilash muammosini yechish 
taklifi bilan chiqdi. U sifat tizimini joriy etishning 14 qoidasini kashf etgan. ISO 9000 
standartlarida bunday yondoshuv (unifikatsiyalash va standartlashtirish) 8 yil o’tgandan 
keyingina – 1987 yilda qo’llanilgan.
SHunday qilib, bu davrda sifatni yaxshilash va ishlab chiqarish unumdorligining 
o’sishi o’rtasidagi avvalgi ziddiyat hal etildi. CHunki boshqaruvning yangicha g’oyalari 


27 
qo’llanishi bir vaqtning o’zida sifatni oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini 
kamaytirish uchun imkon berdi.
Nazorat savollari: 
1. AQAP (Sifatni ta’minlash borasidagi jamlanma materiallar) ning mohiyati va 
vazifalari. 
2. BS 5750 standartining mazmuni. 
3. “G’arb maktabi”ning vakili, amerikalik mutaxassis Filipp B. Krosbi sifatni 
kompleks usulda yaxshilash muammosini yechishning qanday taklifi bilan chiqdi? 
4. BS 5750 standarti necha qismdan iborat? 
5. DEF STANS hujjatlar seriyasi o’z ichiga nimalarni oladi? 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling