Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

 
 
 
 
3-rasm. Korxonada sifatni boshqarish 
Amalga oshirish funktsiyasi konstruktsiyaning loyihalashtirilgan sifatini tayyor 
mahsulotda mujassamlashuvini bildiradi. U texnologik jarayonlarni loyihalashtirish,
qo’llanadigan dastgohlar, mashinalar, instrumentlar turini, shuningdek ishni bajarish va 
nazorat qilish uslublarini aniqlashni o’z ichiga oladi.
Nazorat funktsiyasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina emas, uni realizatsiya
qilish bosqichida ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi 
uni sotilishi bilan tasdiqlanadi. 
Boshqaruvning ta’siri funktsiyasi mahsulotni realizatsiya qilish chora-tadbirlarini 
belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga javob bermasa unga qayta ishlov berishni 
tashkil etishni o’z ichiga oladi.
Yuqorida sanab o’tilgan rejalashtirish - amalga oshirish – nazorat -boshqaruvning 
ta’siri funktsiyalarini aniq boshqarish uchun korxonaning barcha bo’limlari boshqaruv va 
nazoratning texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek statistik uslublarni qo’llab, 
mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda ma’suliyat bilan o’z vazifalarini 
bajarishlari lozim. 
SHunday qilib, korxonada sifatni boshqarish – bu “iste’molchilarning ehtiyojini 
qondiradigan, yetarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega bo’lgan tovarlarni 
loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati turidir” 
5.2. 
Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari 
Mahsulot sifatini baholash va uni oshirish uchun sifat darajasini baholash zarurdir. 
Mahsulot sifatini miqdoriy jihatdan baholash bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasiga 
kvalimetriya deyiladi.
Mahsulotning sifati darajasini baholash mahsulot sifatini sistemasida zaruriy 
boshqaruv ta’sirini amalga oshirishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Umumiy ko’rinishida mahsulot sifatini baholash quyidagi bosqichlarda amalga 
oshirilishi mumkin.
Boshqaruv 
таъсири
Rejalashtirish
тириш
Nazorat 
Amalga oshirish
Лойи
µ
алаштириш 
Turli ma’lumotlardan 
foydalanish 
Texnik xizmat 
ko’rsatish 
Tovordan foydalanganda 
sifatning tasdiqlanishi 


37 
(4. rasm) 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling