Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


ISO 9000 seriyali standartlarini joriy etish va sertifikatlashga ketadigan


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

4.4.ISO 9000 seriyali standartlarini joriy etish va sertifikatlashga ketadigan 
xarajatlar 
 
Eng ko’p tarqalgan xarajatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: hujjatlar tizimini 
yaratish; maslahatchilik xizmat haqi; xodimlarni ISO 9000 seriya standartlari 
tamoyillariga o’rgatish; SMTni joriy etish uchun qo’shimcha xodimlarni yollash; ishlab 
turgan xodimlarning SMTni joriy etishga sarflaydigan vaqtinchalik xarajatlari; 
sertifikatsion audit haqi; axborot texnologiyalariga qo’shimcha investitsiyalar (ehtimol, 
yangi dasturiy ta’minotni sotib olish uchun). SMTni joriy etish va sertifikatlashga 
ketadigan xarajatlarni batafsil ko’rib chiqamiz.
1. Hujjatlar tizimini yaratish SMTni yaratishda eng ko’p uchraydigan 
qiyinchiliklardan biridir
8
. Bu fakt ISO 9000 seriya standartlarining avvalgi tahririga 
ko’proq taalluqli bo’lib, unda sifat tizimining 20 ta element bo’yicha muvofiqligini 
tasdiqlash kerak edi.
2. Maslahatchilar mehnatidan foydalanish asosan kompaniyada SMTning asosiy 
tamoyillarini kiritish bilan bog’liq. Bu shu bilan izohlanadiki, ISO 9000 seriya 
standartlarida bu tamoyillarni kiritish usullari namunasi berilmagan va xodimlar 
standartlarni tushunish va qo’llash bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarga duch keladi
9

Standartni to’g’ri tushunmaslik, noto’g’ri talqin qilish tashkilotda sifatni boshqarishga 
salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
3. 
Xodimlarni ISO 9000 standartlariga o’rgatish ko’p xarajatlarni talab qiladi. Bu 
masalaga kam e’tibor qaratilsa, xodimlar yoki SMTni joriy etilishiga loqaydlik bilan 
qaraydilar, yoki unga hatto to’sqinlik ham qilishlari mumkin. SMTni joriy etilish va 
sertifikatlashning muhim qiyinchiliklaridan biri – xodimlarning uyushib ishlamasligi 
hisoblanadi.
4. 
Hujjatlarni yuritishdan tashqari, SMT talablari va tamoyillarini amalga oshirish 
uchun ham qo’shimcha xodimlar jalb etilishi mumkin.
5. 
Xodimlarning vaqtinchalik xarajatlari SMTni muvaffaqiyatli joriy qilish va 
sertifikatlash uchun zarur to’lovdir. SMT butun korxona faoliyatiga ta’sir etishini 
inobatga olib, har bir xodim faoliyat samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini 
yaxshilash borasidagi umumiy ishga u yoki bu darajada jalb etiladi.
ISO 9000 seriya standartlari talablariga muvofiq SMTni ishlab chiqish jarayoni 
vaqtning katta davrini o’z ichiga olishi sababli, mazkur omil sertifikatlashning xarajatli 
jihatini ko’rib chiqishda o’ta muhim sanaladi. Turli korxonalarning tajribasi dalolat 
berishicha, ro’yxatga olish jarayoniga odatda 12 oydan 18 oygacha vaqt sarflanadi.
6. 
Sertifikatsion audit uchun to’lov SMT uchun ISO 9000 sertifikatini olish bilan 
bog’liq xarajatlarning eng ko’zga tashlanadigan qismlaridan biri. Uning narxini 
belgilovchi asosiy omillar: kompaniya miqyosi; sertifikatlash o’tkazilayotgan mamlakat; 
sertifikat beruvchi organning nufuzi hisoblanadi 
8
Mezher T., Ramadan H. The costs and benefits of getting ISO 9000 certification in the manufacturing sector in 
Saudi Arabia. Quality Assurance. №6 1999. pp. 107-122. 
9
Lee-Peng Tan. ISO 9000: The answer for total quality management implementation? The Malaysian case. // Total 
Quality Management. Vol.12. №2. 2001. pp. 223-229 


34 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling