Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


-Mavzu. Sifatni boshqarishning xalqaro standartlarini joriy etish


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

 
4-Mavzu. Sifatni boshqarishning xalqaro standartlarini joriy etish 
 
4.1.Sifatni boshqarish tizimi va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarining 
mohiyati 
4.2.ISO 9000 seriyali standartlarning tarkibiy tuzilishi 
4.3.ISO 9000 seriyali standartlarni joriy etilishining asosiy sabablari 
4.4.ISO 9000 seriyali standartlarini joriy etish va sertifikatlashga ketadigan 
xarajatlar 
 
4.1.Sifatni boshqarish tizimi va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarining 
mohiyati 
 
Sifat menejmenti tizimlarining shakllanishi va rivojlanishi – XX asrda sifatni 
boshqarish bilan bog’liq g’oyalarni rivojlanishining eng muhim nuqtasiga aylandi. 
E.Demingni ta’kidlashicha, “Korxonalar boshqaruvining amaliy tajribasini nazariya 
yordamida o’rganib chiqmagunga qadar, ularni tushunmasdan takrorlash, befoyda bo’ladi 
va bu muvaffaqiyatga olib kelmaydi”
2
. ISO 9000 seriya standartlarining 1994 yilgi 
tahririda sifat menejmenti tizimi deb, “sifatni yalpi boshqarish uchun zarur bo’lgan 
tashkiliy tuzilma, usul, jarayon va resurslar yig’indisi” tushunilgan. Yangi ISO 
9000:2000 standartida sifat menejmenti tizimi “tashkilotga rahbarlik qilish va uni 
boshqarish uchun zarur bo’lgan sifatni boshqarish tizimi” deb ta’riflanadi.
A.V. Glichevning fikriga ko’ra, mahsulot sifatini boshqarish tizimi, bu “kuch va 
mablag’larni minimal darajada sarflash orqali, iste’molchining ma’lum ehtiyoj va 
talablari qondirilishini ta’minlovchi xususiyatlarni mahsulotga tatbiq etish maqsadida
mahsulotni ishlab chiqarish, sotish, undan foydalanish va servis xizmatini ko’rsatishda 
ishtirok etgan boshqaruv va ijro bo’limlari hamda ayrim shaxslarning o’zaro samarali 
faoliyatini tashkillashtirish usulidir”. Albatta, xorijiy adabiyotlarda sifat tizimlariga 
berilgan ta’riflar shu fikrlar bilan cheklanib qolmagan.
Xalqaro 
standartlashtirish 
tashkiloti 
(Xalqaro 
standartlashtirish 
tashkiloti 
(International Organization for Standartization – ISO, ISO – xalqaro standartlarni ishlab 
chiqaruvchi va standartlashtirish sohasidagi hamkorlikni amalga oshiruvchi xalqaro 
nodavlat tashkilotidir. U 1946 yilda 25ta mamlakat vakillarining Londondagi yig’ilishida 
ta’sis etilgan. Unga 2006 yili dekabrь oyi holatiga 164 ta mamlakatning milliy 
standartlashtirish tashkilotlari ISO a’zosidir. Hozirgi kunga qadar ular tomonidan 17000 
2
Эдвардс Деминг и философиya управлениya качеством. http://quality.eup.ru/MATERIALY/guru.htm 


28 
dan ortiq turli xalqaro miqyosdagi standartlar ishlab chiqilgan, O’zbekiston Respublikasi 
nomidan ISO vakili – O’zbekiston Respublikasi ”O’zstandart” agentligi hisoblanadi). 
SMT uchun mo’ljallangan ISO 9000 seriya standartlarining tarixi 1987 yildan, ya’ni 
uning birinchi tahririnashr qilingan kundan boshlanadi. ISO 9000 standartlarining 
shakllanishi, sifatni boshqarish jarayonlari rivojlanishining mantiqiy natijasi bo’ldi.
ISO 9000 seriya standartlari qabul qilingach, sifatni kompleks boshqarishning 
ma’lum darajasi belgilab berildi. U sifatni samarali boshqarishni ta’minlab, ISO 9000 
seriyali standartlarining barcha zarur elementlari, hamda korxona ixtisoslashuvi uchun 
qo’shimcha talab etilgan elementlarni ham, korxonaning ish amaliyotiga joriy etilishi 
kerakligini shart qilib qo’yadi va bu bilan buyurtmachiga sifat kafolatini beradi. 
Ushbu standart muvaffaqiyatli biznes yuritishning xalqaro e’tirof etilgan 
usullarining qisqacha tasnifidir. U muvofiqlik sertifikatini olish uchun bajarilishi zarur 
bo’lgan minimal talablar shaklida bayon etilgan
3

ISO standartlari turkumining universalligi shundaki, ularda har bir mahsulot va 
xizmatlarning har bir turiga bo’lgan mutlaq o’lchovli mezonlar qo’yilmaydi (masalan, 
mahsulotning texnikaviy ko’rsatkichlari talabi). ISO 9000 standartlari turkumi faqat sifat 
tizimining ishlashi metodologiyasini aniqlab beradi, tizim esa o’z navbatida korxona 
tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning yuqori sifatini, boshqacha 
qilib aytganda – iste’molchilarning talabini yuqori darajada qanoatlantirishini 
ta’minlaydi. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling