Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

Birinchi tamoyil:Iste’molchiga e’tiborni qaratish. Kompaniyaning muvaffaqiyatli 
ishlashi avvalo uning buyurtmachilariga bog’liqdir. SHu boisdan har qanday tadbirkorlik 
faoliyati bozorni tahlil qilish va mijozlarning ehtiyojini o’rganishdan boshlanishi kerak, 
shular asosida mahsulot loyihalashtiriladi va ishlab chiqarishga joriy qilinadi. SHu bilan 
birga, ideal variant - nafaqat buyurtmachilarning rasmiy talablarini bajarish, balki 
ularning istaklarini oldindan ko’ra bilishdir.
Iste’molchilarning talablari va tashkilot faoliyatidan manfaatdor bo’lgan boshqa 
tomonlar (aktsiyadorlar, ta’minotchilar, davlat organlari, butun jamiyat)ning ehtiyojlariga 
ham baravar yondoshuvni ta’minlash zarur.
Ikkinchi tamoyil:Etakchilik. Bu tamoyilni shartli ravishda ikki tomonlama ko’rib 
chiqish mumkin. Bir tomondan, u bevosita tashkilot rahbarlariga qaratiladi, chunki ular 
kompaniyalarda sifatni yaxshilashga qaratilgan o’zgarishlarni amalga oshirishda juda 
muhim rolь o’ynaydilar.
4
Басовский Л. Е., Протасьев В. Б. Управление ка
чеством: Учебник. – М.: ИНФРА – М, 2001. –212 с. 


30 
Uchinchi tamoyil: Xodimlarni jalb qilish tamoyili; amalda har bir xodimning 
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda muntazam ishtirok etishini 
bildiradi. Bunday imkoniyat kishilarda ijodiy mehnatga undaydigan mas’uliyat va 
ishtirokchilik hissini uyg’otadi, bu esa pirovard-natijada tashkilot samaradorligini 
oshiradi.
To’rtinchi tamoyil:Jarayonli yondoshuv. 2000 yil tahriridagi ISO 9000 
standartlarining jami turkumlari uchun yangi muhim uslubiy o’zgarishlar mohiyati 
shundan iboratki, har qanday ishlab chiqarish faoliyati bir jarayondir va bu jarayon turli 
resurslardan foydalanish va boshqaruv ta’siri orqali, kirish oqimlarini va chiqish 
oqimlariga aylantiradi. Korxona ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlashi va o’z 
mahsulotini yaratib, takomillashtirib va uning doimiy sifatini ta’minlab, bu jarayonlarni 
boshqarishi kerak.
O’zbekiston 
korxonalarida 
jarayonli 
yondashuvning 
qo’llanishi 
qator 
qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Bu sabablarning birinchisi – amaldagi boshqaruvning 
to’g’ri-funktsional tashkiliy tuzilmalarning jarayonli yondashuvga mos kelmasligi, avval 
aytilganidek, faoliyat differentsiyalashgan, yakuniy natijaga qaratilmagan. Ikkinchi sabab 
– yangi sharoitlarda ishlashga moslashtirilgan rahbariyat tarkibining yo’qligi. 
Beshinchi tamoyil: Menejmentga tizimli yondoshuv. Bu tamoyil, tashkilotga o’zaro 
bog’liq jarayonlar yig’indisi sifatida qarashni talab etuvchi oldingi tamoyil bilan 
chambarchas bog’liq. Sifat masalalarining yalpi xususiyatini inobatga olib, qo’yilgan 
maqsadga erishishga qaratilgan jarayonlarni aniqlash, tushunish va boshqarish 
korxonaning samaradorligini oshiradi.
Oltinchi tamoyil:Doimiy takomillashuv tashkilotning asosiy maqsadi bo’lib qolishi 
kerak. Hozirgi sharoitda, bu tamoyilni amalga oshirmasdan, biznesda yetakchi o’rinlarga 
chiqish mumkin emas. Faoliyat muntazam takomillashib borsa, nafaqat raqobatdosh 
mavqe saqlab qolinadi, balki sekin-asta zararlarni kamaytirish va shunga mutanosib 
ravishda, daromadni ko’paytirish imkoni paydo bo’la boshlaydi.
Ettinchi tamoyil:Dalillarga asoslangan qarorlarni qabulqilish. Haqiqiy ma’lumotlar 
va axborotga asoslanib qabul qilingan qarorlar samarali bo’ladi.
Sakkizinchi 
tamoyil:Ta’minotchilar 
bilan 
o’zaro manfaatli munosabatlar. 
Ta’minotchilar o’rtasida o’zaro manfaatli asosda yo’lga qo’yilgan munosabatlar har ikki 
tashkilotning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.
ISO 9000 seriya standartlari mohiyatining asosiy hususiyatlari va ISO 9000 seriya 
standartlarining ahamiyati 
ISO 9000 seriya standartlari mohiyatini ko’rsatuvchi kamida uchta asosiy hususiyat 
mavjud: kompaniya faoliyatining tayyor mahsulot sifatini ta’minlovchi asosiy 
yo’nalishlariga e’tibor berish; faoliyatni tashkil etishga jiddiy yondoshish; mahsulot 
hayotining barcha bosqichlarini qamrab olish.
Birinchi xususiyat sifat menejmentining yuqorida ko’rib chiqilgan sakkizta asosiy 
tamoyilida ifodalangan.
Ikkinchi xususiyat quyidagicha namoyon bo’ladi: standartlarda “klassik” 
olimlarning, mahsulot sifati ishlarning muayyan ijrochilariga emas, balki ishlab 
chiqarishning umumiy tashkil etilishiga bog’liqligi g’oyasi amalga oshgan. E.Deming 
taxminicha, sifat uchun kurashdagi muvaffaqiyatning 94 % boshqaruvchilarga va 
faqatgina 6 % - ishchilarga bog’liq ekan. J.Juran o’zining mashhur 14 tamoyilida, 
mahsulot sifatidagi kamchiliklarning faqat 15% aynan ish jarayoniga bog’liqligini 


31 
ko’rsatib o’tadi. Sifat nuqsonlarining qolgan 85% esa - ma’muriyat tomonidan ishlarning 
yomon tashkil etilishidan hosil bo’ladi deb ta’kidlagan. 
5
Uchinchi xususiyat ko’rsatadiki, ISO 9000 seriya standartlari negizidagi SMT
mahsulot hayotining bozor ehtiyojlarini aniqlashdan boshlab, to belgilangan talablarni 
to’liq qondirishgacha bo’lgan barcha bosqichlari hamda jarayonlariga ta’sir etadi. Bu 
mahsulotning oliy sifati va xarajatlar kamayishi garovidir. ISO 9000 standartlarining 
dastlabki tahrirlariga qiyoslaganda, mahsulot hayotining o’ziga xos bosqichlari (ilk nomi 
- “sifat halqasi”) 2000 yil tahririda to’ldirildi, aniqlashtirildi va kengaytirildi.
ISO 9000 seriya standartlari jahon iqtisodiyotida hamda bozor munosabatlarini joriy 
etish yo’nalishida rivojalanayotgan mamlakatlarda muhim rolь o’ynaydi. Ular 
ishbilarmonlar hamjamiyati uchun sifatning xalqaro umumqabul qilingan tilini 
shakllantiradi. Ya’ni, ISO 9000 standartlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni va 
falsafasi, mamlakatlar o’rtasida mahsulot va xizmatlar ayirboshlashni osonlashtirish
xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yordam berishni asosiy maqsad qilib olgan istalgan 
xalqaro standartlar falsafasiga mos keladi. ISO 9000 seriya standartlari muayyan 
mahsulotlar uchun belgilangan me’yoriy talablarning o’rnini bosa oladigan vosita 
sifatida, savdodagi texnik to’siqlarni bartaraf etishga yordam beradi.
ISO 9000 xalqaro standartlarida ko’pgina mamlakatlarning sifatni boshqarish 
borasidagi tajribasi to’planib, umumlashtirilgan. Bu hujjatlarning aniq va ravshanligi
mazkur tajribani xalqaro miqyosda keng yoyilishiga olib keldi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling