Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


ISO 9000 seriyali standartlarni joriy etilishining asosiy sabablari


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

4.3.ISO 9000 seriyali standartlarni joriy etilishining asosiy sabablari 
 
ISO 9000 bo’yicha SMTni sertifikatlashning ko’p sabablaridan biri – 
“iste’molchilarning talabi” edi va bo’lib qoladi. Bu omil ko’p jihatdan sanoat bozoriga 
(“business–to-business”) taalluqlidir, chunki ISO 9000 sertifikati ta’minotchi hamkorni 
izlash va keyinchalik u bilan munosabat o’rnatish bilan bog’liq chiqimlarni qisqartirish 
imkonini beradi. 
Iste’molchilar bozorida bunday omilning ta’siri uncha sezilarli emas, chunki 
jismoniy shaxs bo’lmish mijozlarni SMT uchun sertifikatning mavjudligi emas, balki 
mahsulotning iste’mol xususiyatlari ko’proq qiziqtiradi. Talablar ko’pincha, o’z 
ta’minotchilariga SMT uchun ISO 9000 sertifikatiga ega bo’lishni shart qilib qo’yuvchi 
transmilliy kompaniyalardan chiqadi. Ta’kidlash lozimki, Yevropa va Amerikadagi ba’zi 
transmilliy kompaniyalar hozirgi vaqtda o’z ta’minotchi hamkorlariga, SMTni mustaqil 
organ tomonidan majburiy sertifikatlamay, faqat ISO 9000 talablariga muvofiqlashishni 
taklif qilmoqda
6
.
Bu omilning muhimligini quyidagi fakt tasdiqlaydi. Hatto M.Boldrij 
nomidagi mukofotni qo’lga kiritgan jahondagi eng yirik kompaniyalardan biri bo’lmish 
“Motorola” butun dunyodagi ko’pchilik zavodlaridagi sifat tizimlarini mijozlar 
talablariga muvofiq sertifikatlayapti.
Ba’zi hollarda, tenderning kvalifikatsion shartlaridan biri bo’lib, nomzodlarda 
sertifikatlangan SMT mavjudligi hisoblanadi. Bunday tizim xalqaro tanlovlar o’tkazishda 
hamda davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlarni sotib olishda qo’llanadi. Jahondagi 
ko’pgina mamlakatlarning hukumat organlari o’z ta’minotchi hamkorlariga ISO 9000 
5
Герасимова Г.Е. 14 постулатов Э.Деминга // Стандарты и ка
чество. 1999 №1 с. 20. 
6
Poksinska B. The state of ISO 9000 certification: a study of Swedish organizations // The TQM Magazine Vol. 
14. 
№5. 2002. pp. 297-306. 


32 
bo’yicha sertifikatlanish talabini qo’yadi. Bunday vaziyat shu bilan bog’liqki, davlat 
tuzilmalari, birinchidan, sifatli mahsulot va xizmatlar yetkazib berilishidan manfaatdor, 
ikkinchidan, mahalliy kompaniyalarni o’z raqobatbardoshligini ISO 9000 yordamida 
oshirishga yo’naltirishi kerak.
ISO 9000 standartlarining asosiy jihati shundaki, SMT joriy etilganda 
kompaniyaning biznes-jarayonlari barqarorligi, ishonchliligi ortadi. ISO 9000 standartlari 
talablariga rioya qilish natijasida, rahbarning aniq yo’riqnomalari, tadbirlar va 
mas’uliyatni to’g’ri taqsimlash hisobiga, kompaniyalar o’z bo’limlarining o’zaro 
aloqadagi faoliyatini yaxshilay oladi.
SMTni tatbiq qilish, barcha bosqich xodimlarini mahsulotning ichki unumdorligi va 
sifatini yaxshilash jarayoniga jalb qilishni nazarda tutadi, bu esa xodimlarning 
kompaniyaga sodiqligida ijobiy aks etadi.
Biznes-jarayonlarni hujjatlash, uslubiy yo’riqnomalar, lavozim vazifalari va boshqa 
hujjatlarni ishlab chiqish hisobiga, kompaniyaning faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishi 
uchun zarur bo’lgan xodimlarning bilimi va malakasi oshadi.
Ichki samaradorlikni oshirish, xodimlarning yuz berayotgan biznes-jarayonlar 
uchun mas’uliyatini mustahkamlash, uzluksiz takomillashishga bevosita mahsulot va 
xizmatlar sifatini yaxshilashga olib keladi. Bu omil ham ISO 9000 me’yorlari bo’yicha 
SMTni joriy etish va sertifikatlashga sabab sifatida ko’p eslatiladi.
Bundan tashqari, ko’p tashkilotlar sertifikat mahsulot sifatini kafolatlay olmasligini 
anglaydi, shu boisdan ISO 9000 standartlarini sifatni yaxshilash jarayonini boshlash 
uchun yaxshi bazis deb hisoblashadi. Kanji (Kanji)
7
fikricha, ISO 9000 standartlarining 
muhim xususiyati – uning tuzilishidir. U, qo’llashga qulay bo’lgan tadbirlar, elementlar 
va talablarning universal majmuini tashkil etadi. SHuningdek, sifatni ta’minlash 
tizimlarini ishlab chiqish, baholash, qo’llash, belgilash va sertifikatlashning asosini ham 
ta’minlaydi. SHunday qilib, ISO 9000 talablari TQM madaniyatini o’zlashtirish va sifat 
bo’yicha milliy mukofotlar mezonlarini qo’llash uchun jiddiy negiz yaratadi.
Agarda ma’lum bir sohada yoki segmentda ishlaydigan kompaniyalar ISO 9000ni 
qo’llamasa, lekin standartlar talabiga mos keladigan SMTni joriy etsa va sertifikatlasa, 
qo’shimcha raqobat ustunligigaerishishlari mumkin (ayrim hollarda SMT uchun ISO 
9000 sertifikati zaif kompaniyalar uchun savdo to’sig’i bo’lib qolishi ham mumkin). 
Lekin ko’pincha teskari holat yuz beradi, ya’ni korxonalar faqat raqiblaridan orqada 
qolmaslik uchungina ISO 9000 sertifikatini olishga majbur bo’ladilar.
SHubhasiz, mahsulot sifatini yaxshilash, unumdorlikni oshirish, chiqimlarni 
kamaytirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish kabi omillar kompaniyaning bozordagi 
ulushi ortishigaolib kelishi mumkin. 
Kompaniyalar ISO 9000 talablari bo’yicha SMTni joriy etish va sertifikatlashi 
uchun zarur bo’lgan sabablarning ko’pligini inobatga olib, ularni tartibga solish va 
tasniflash variantlarini ko’rib chiqaylik. Sabab bo’luvchi omillarni “ichki” va “tashqi” 
omillarga bo’lish mumkin.
1. Ichki sabablar kompaniyaning samarasi va mahsuldorligini yaxshilash bilan 
bog’liq. Bularga: mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash; ichki jarayonlarni 
jadallashtirish; xarajatlarni kamaytirish; xodimlar bilan munosabatni yaxshilash; axborot 
almashuvi va tahlili tartiblarini o’rnatish; TQM kontseptsiyasini amalga oshirishga 
tayyorgarlik va boshqalarni kiritish mumkin.
7
Kanji J.K. An innovative approach to make ISO 9000 standards more effective // Total Quality Management. Vol.9. №1. 1998. 
pp. 67-78.


33 
2. Tashqi sabablar kompaniya atrofdagi biznes-muhitga (mijozlar, ta’minotchilar, 
davlat organlari) bo’lgan ta’sirga bog’liq. Bunda, SMT uchun rasman tasdiqlangan hujjat, 
ya’ni, sertifikat ana shu ta’sir vositasidir. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling