1-mavzu. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Reja


Download 176.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana28.10.2023
Hajmi176.58 Kb.
#1731392
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
menejment



1-mavzu. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. 
Reja: 
1. Menejmentga kirish fanining mazmuni, mohiyati, fanni o’qitish maqsadlari. 
2. Menejment ob’ekti va sub’ekti. Menejmentga kirish fanining umumfalsafiy usullari. 
3. Menejmentga kirish fanining tahlil usullari. 
4. Menejmentga kirish fanining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar 
bilan o’zaro aloqalari. 
5. Menejmentning xorijiy modellari. 
1. Menejmentga kirish fanining mazmuni, mohiyati, fanni o’qitish maqsadlari. 
 
Biz buyuk o’zgarishlar davrida yashayapmiz. Jamiyatimiz qayta qurish deb nomlangan 
murakkab, qiyin bir davrni boshidan kechirmoqda. Ijtimoiy-siyosiy hayotda bu totalitarizmdan 
demokratiyaga, iqtisodda ma’muriy buyruqbozlik sistemasidan bozorga, alohida kishilar hayotida 
uni xo’jalik faoliyatining mustaqil sub’ektiga aylanishini bildiradi. Jamiyatdagi, iqtisoddagi va 
bugungi hayotimizdagi bu o’zgarishlar bizni o’zgarishimizni taqozo etmoqda. 
Bunday sharoitda jamiyatning har bir a’zosi yangi bilimlar va undan hayotda foydalanishi 
zarur. Bu bilimlar ichida menejment muhim o’rin egallaydi. Hozirgi kunda bu so’z ko’pchilikka 
yaxshi tanish bo’lib qoladi. Menejment – inglizcha so’z bo’lib boshqaruv ma’nosini anglatadi. 
Menejment - bu oldingizga qo’yilgan maqsadlarga erishishdir. Asrimizning 60-yillarida 
menejment amerikacha boshqaruv deb tushunilgan, keyinchalik «ilmiy boshqaruv» deb yuritilgan. 
AQSH.da hozirgi zamon boshqaruvi asr boshida vujudga kelgan deb hisoblanadi va Teylor nomi 
bilan boshlanadi. Teylor «boshqaruv aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilmdir» degan 
edi. 
«Menejment» so’zi ingliz tilining Oksford lug’atida 2 ta ma’noga ega: 
1. Boshqaruv hokimiyati va san’ati; 
2. Tashkilot resurslarini boshqaruv bo’yicha alohida ko’nikmalar va mohirlik. 

Download 176.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling