Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

Muvofiqlikni 
attestatlash uchunchi tomon tarafidan "sinov laboratoriyasining bayonoti" tushunilib
ma’lum namuna mahsulotga bo’lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki 
boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi.
Sertifikatlashtirish jarayoni deganda mahsulot /buyum, mol/ yoki xizmat muayan 
standart yoki texnikaviy shart talablariga mos kelishini tasdiqlash maqsadida 
o’tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot /buyum, molning/ 
urnatilgan talablarga iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.
Yana bir zarur atamalardan biri "sertifikatlashtirish tizimi" bulib u quyidagicha 
ta’riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi - muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini 
o’tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo’lgan tizimdir.
Sertifikatlashtirish faoliyatida kullaniladigan uchta tushuncha to’g’risida to’xtalib 
o’tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida 
qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Sertifikatlashtirish 
tizimidan 
foydalanish 
guvohnoma talabgoriga 
sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq berilgan sertifikatlashtirishdan 
foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi – deb ushbu tizimning qoidalariga 
binoan faoliyat ko’rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmagan 
sertifikatlashtirish katnashuvchisi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan 
faoliyat ko’rsatadigan va tizimni boshqarishda ma’lum darajada ishtirok eta oladigan 
sertifikatlashtirish katnashuvchisi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish ikki xil buladi: majburiy va ixtiyoriy. Ishlab chikarilgan yoki 
iste’mol etiladigan mahsulot uchun uning tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri 
asosiy mezon hisoblanadi. Tashqi muhitga, inson salomatligi va uning xavfsizligiga 
to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatuvchi mahsulotlar, majburiy sertifikatlashtirilishi 
maksadga muvofik buladi, bunday mahsulotlar ruyxati Davlat tomonidan tasdiklanib, bu 
ruyxatga kiritilmagan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling