Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

Sertifikatlashtirish guvohlik berish, qayd yoki shahodat etish, ishonch bildirish 
ma’nolarini bildiruvchi certifus (lotincha) so’zidan olingan bo’lib, kerakli ishonchlilik 
bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi, 
xolis va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlaydigan faoliyatni bildiradi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat 
ko’rsatkichlariga ega bo’lishi kerak. Sifat ko’rsatkichlari esa ma’lum, belgilangan 
talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida ma’lum standartga yoki 
boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish 
(ya’ni tasdiqlash) mumkin.
"Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish 
tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha maxsus qo’mitasi 
tomonidan ishlab chiqilib, uning "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov 
laboratoriyalarini akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari" 
qo’llanmasiga kiritilgan.
Qayta 
ishlangan 
Xalqaro 
standartlashtirish 
tashkilotining 
qo’llanmasida 
"sertifikatlashtirish" atamasining faqatgina izohlari berilgan: 
Sertifikatlashtirish umumiy atama bo’lib, mahsulot, texnologik jarayon va 
xizmatlarning sertifikatlashtirishda /muvofiqlikni tasdiqlashda/ uchinchi tomonning 
qatnashishi va unga xolisona baho berishi tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng sertifikatlashtirish 
sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va hozirgi kunda ham bu sohaning rivojlanishi, 
xalqaro miqyosda tan olinishi ustida «O’zstandart» Agentligi tomonidan katta e’tibor 
berilmoqda. Binobarin, 1992 yil mustaqillikning ilk yillaridayoq Vazirlar Mahkamasi 
huzurida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlat markazi 
(«O’zdavstandart») va keyinchalik, 2002 yilda, ushbu sohani yanada rivojlantirish va 
takomillashtirish maqsadida mustaqil «O’zstandart» Agentligi tashkilotiga aylantirilishi 
Hukumatimiz tomonidan bu sohaga berilayotgan ahamiyatning mahsuli sifatida qarash 
mumkin. Davlatimiz tomonidan sertifikatlashtirish ishlarini tashkillashtirish, uni tartibga 
tushirish va bu sohaning qonuniy asosini yaratish maqsadida 1993 yil «Mahsulot va 
xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi, buning natijasida 
ishlab chikarilayotgan va chetdan olib kirilayotgan mahsulotlarning xavfsizligi 
to’g’risida Qarorning qabul qilinishi, uni amalga oshirish maqsadida qator chora-
tadbirlarning ishlab chiqilishi ham aytib o’tilgan so’zlarning yaqqol misolidir. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling