Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


 Sertifikatlashtirish sohasidagi atama va ta’riflar


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

4. Sertifikatlashtirish sohasidagi atama va ta’riflar 
Mazkur kursda qo’llaniladigan atama va ta’riflar ISO/MEK 2, O‘z DSt ISO 
9000:2002, O‘z DSt 5.5 standartlariga mos bo’lib quyidagi atama va ta’riflar 
mutanosiblik bilan qo’llaniladi: 
Sertifikatlashtirish jarayoni, shunday uslubki, unda vositachi hisoblanmish – 
uchinchi tomon yozma ravishda guvohlik bildirib, mahsulot, jarayon yoki xizmatni 
qo’yilgan talablar darajasiga mosligini e’tirof qiladi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan
ko’rsatkichlarga javob berishi kerak. Bu ko’rsatkichlar esa ma’lum belgilangan talablarga 
muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida mahsulot yoki xizmatlarning 
ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlardagi shu mahsulot yoki xizmatlarga 


19 
belgilangan kursatkichlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish 
mumkin. Xo’sh sertifikatlashtirish tushunchasi nima?
Sertifikatlashtirish deganda talab etilgan ishonchlilik bilan mahsulotning 
muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat 
tushuniladi.
"Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish 
tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha maxsus qo’mitasi 
tomonidan ishlab chiqilib, uning "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov 
laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari" 
qo’llanmasiga kiritilgan.
Muvofiqlik - atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga 
rioya qilishni o’z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko’rinishi - muvofiqlik 
bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish degan tushunchalar 
mavjud.
Muvofiqlik bayonoti deb yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va 
xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to’la-to’kis muvofiqligi 
xaqida butun ma’suliyatni o’z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling