Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov
Download 2.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.
2.2. Sifat tushunchasining tarixi
Sifat tarixi. Fan, texnika va umuman jamiyatda sodir bo’layotgan hozirgi jarayonlarni anglashda sifatning tarixini bilish muhim ahamiyatga egadir. Arxeologiya va unga yaqin fanlar, o’tmishda muhandislik va boshqa faoliyat sohalarida g’aroyib yutuqlar qo’lga kiritilgani haqida dalillar topishmoqda. Bu yutuqlarni yuqori darajadagi sifat va sifat boshqaruvisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil shohi Xammurapi qonunlar majmuini yozib,(arxeologlar tomonidan 1901-1902 yillarda Suzada (qadimgi Messopotamiya hududi) tahminan tarixi m.o. 1780 yillarda yaratilgan Xammurapi qonunlar qomusi topilgan. Qomusda 282ta qonun bo’lib, ular qora toshli ustunlarga bitilgan edi), mahsulot sifati uchun javobgarlikka asos solgan. Unda agarda usta uy qursa. ammo uy chidamli bo’lmay, qulab biror odam halok bo’lsa, ustaga o’lim jazosi belgilangan. Bu qonunlar ishlab chiqaruvchini (qaysi soha bo’lishidan qat’iy nazar) o’z ishlab chiqargan mahsulotining sifati uchun javobgarlik tamoyillarini ilk bor ifodalagan. Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilganlik uchun nafaqat moddiy, balki jismoniy jazolash amaliyoti qo’llanilganligi tarixdan ma’lum. Masalan, Petr I ning 1723 yil 11 16 yanvarda imzolagan farmoni yorqin misol bo’la oladi. Jumladan farmonda, Tula fabrikasi egasi Kornil Beloglazov davlat idoralariga yaroqsiz qurol-aslahalar sotganligi uchun cherkovda ishlashga yuborilishi,ishonchli nazoratchi Frol Fuks yaroqsiz mahsulotga sifat tamg’asini bosganligi uchun esa Azovga surgun qilinishi ta’kidlangan. Asrlar ketidan asrlar o’tgach, ko’pgina sifatning taraqqiyoti to’g’risidagi tarixiy ma’lumotlar saqlanib qolmagan. sifatni boshqarish to’g’risidagi fanning aynan qachon paydo bo’lgani haqida ham yagona fikr yo’q. Turli mutaxassislar va tashkilotlarning qarashlaridagi ko’pgina o’xshashliklarga qaramay, sifatning yagona maqbul yoki to’g’ri talqini mavjud emas. Faqat turli mualliflar kontseptsiyalarida mavjud bo’lgan asosiy yondoshuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin: 1. Sifat – bu qadriyat. 2. Sifat – bu ustunlikdir. 3. Sifat – bu spetsifikatsiyalarga muvofiqlikdir. 4. Sifat – bu mijozlar istaklariga muvofiqlik va yoki shu istaklarni oldindan ko’ra bilishdir. Sifat bu - qadriyat, degan yondoshuvga A. Feygenbaum quyidagicha fikr bildiradi: “Sifat bu -“eng yaxshi” degan mutlaq ma’noni ifoda etmaydi. U, “iste’molchining muayyan shartlariga ko’ra eng yaxshi” degan ma’noni anglatadi. Bu shartlar quyidagicha: a) mahsulotning haqiqiy iste’moli; b) mahsulotning sotilish narxi. Mahsulotning sifatini uni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatdan ajralgan holda tasavvur qilib bo’lmaydi” sifatli mahsulot – bu mutanosib narxda, ma’lum ehtiyojlarni qondiruvchi mahsulotdir. Sifat bu - ustunlikdir. Bunday yondoshuv D. Garvinning ta’rifidan tashqari, “Oxford University Press” (1990) lug’atida mavjud. Unda sifat ustunlik yoki asllik ma’nosida ta’riflanadi. Sifat – bu spetsifikatsiyalarga muvofiqlikdir: SHunday mahsulotni ishlab chiqarish yoki shunday xizmatlarni ko’rsatish kerakki, ularning o’lchanadigan xususiyatlari raqamlarda ifodalangan aniq texnik talablarni qondirsin. Bunday yondoshuv ikkinchi jahon urushi davridayoq keng tarqalgan edi, negaki o’sha vaqtda harbiy mahsulotlar belgilangan talablarga aniq javob berishi kerak edi. Bir tomondan, bunday talqinni ishlab chiqarish xususiyatiga ega deyish mumkin, chunki bu talablarni muhandislar belgilaydi, buyurtmachilarning talablari esa inobatga olinmaydi. Biroq ko’p mutaxassislar ta’kidlashicha,, mijozlarning ehtiyoj va talablari bunday spetsifikatsiyalar uchun asosiy harakatlantiruvchi kuch bo’lmog’i kerak. Sifat – mijozlar istaklariga muvofiqlik va yoki shu istaklarni oldindan ko’ra bilishdir, degan yondoshuv hozirgi kunda keng tarqalgan. Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, taniqli mutaxassislarning ko’pchiligi bu yondoshuvni o’z ta’riflarida e’tirof etishgan . SHunday qilib, sifatning zamonaviy talqini qay darajada bo’lmasin, ana shu yondoshuvlarga asoslanishi lozim. ISO 9000:2000 xalqaro standartining so’nggi tahririda sifat ta’rifi lo’nda qilib berilgan va unda yuqorida keltirilgan birinchi va to’rtinchi yondoshuvlarni birlashtirishga harakat qilingan. Sifat mahsulot va xizmatlar xususiyatlari yig’indisining talablarga muvofiqlik darajasi deb, talab esa – aniqlangan ehtiyoj yoki istak deb ifodalanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling