12
mahsulotlar: fotokameralar (84%), kassetali videomagnitofonlar (84%), soatlar (82%),
kalьkulyatorlar (77%), yuqori chastotali oshxona pechkalari (71%),
telefon apparatlari
(66%), mototsikllar (55%), rangli televizorlar (53%) va boshqalar.
Ma’muriy_yondashuv.'>1.2.Sifatni boshqarishga ma’muriy va iqtisodiy yondashuvlar
Sifatni boshqarishga yondashuvlarni ikki asosiy yo’nalishga ajratish mumkin.
Ma’muriy yondashuv. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini 100% gacha
oshirish taklif qilinadi. Mahsulotning sifati uning hayot tsikli bosqichlariga mos ravishda
turkumlanadi.
Mahsulotning hayot tsikli marketing tadqiqotlari va ishlanmalaridan boshlanib,
ishlab
chiqarish, sotish, ekspluatatsiya qilishni qamrab oladi va utilizatsiyalash yoki
iste’mol qilishgacha davom etadi. Nuqsonlarning yuzaga
kelishiga imkon beruvchi
muhim bosqichlar va operatsiyalar ajratiladi va tadqiq etiladi. Yuzaga kelgan nuqsonlar
turlarga ajratiladi. SHunga ko’ra, nuqsonlarning yuzaga kelishining
oldini olish va sifat
darajasini 100% gacha olib chiqish choralari ko’riladi.
Ma’muriy yondashuvda nuqson paydo bo’lishi bilan darhol bartaraf qilinishi lozim
bo’lgan favqulodda holat sifatida e’tirof etiladi.
Sifat masalasiga
iqtisodiy yondashuvda mahsulot sifatining ko’zlangan darajasiga
erishish uchun iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq harajatlar miqdori aniqlanadi.
Iqtisodiy yondashuvda mazkur chegara
sifatning optimal darajasini aniqlashga
imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: