Muvofiqlikni
attestatlash uchunchi tomon tarafidan "sinov laboratoriyasining bayonoti" tushunilib,
ma’lum namuna mahsulotga bo’lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki
boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi.
Sertifikatlashtirish jarayoni deganda mahsulot /buyum, mol/ yoki xizmat muayan
standart yoki texnikaviy shart talablariga mos kelishini tasdiqlash maqsadida
o’tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot /buyum, molning/
urnatilgan talablarga iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.
Yana bir zarur atamalardan biri "sertifikatlashtirish tizimi" bulib u quyidagicha
ta’riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi - muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini
o’tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo’lgan tizimdir.
Sertifikatlashtirish faoliyatida kullaniladigan uchta tushuncha to’g’risida to’xtalib
o’tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida
qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Sertifikatlashtirish
tizimidan
foydalanish
– guvohnoma talabgoriga
sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq berilgan sertifikatlashtirishdan
foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi – deb ushbu tizimning qoidalariga
binoan faoliyat ko’rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmagan
sertifikatlashtirish katnashuvchisi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan
faoliyat ko’rsatadigan va tizimni boshqarishda ma’lum darajada ishtirok eta oladigan
sertifikatlashtirish katnashuvchisi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish ikki xil buladi: majburiy va ixtiyoriy. Ishlab chikarilgan yoki
iste’mol etiladigan mahsulot uchun uning tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri
asosiy mezon hisoblanadi. Tashqi muhitga, inson salomatligi va uning xavfsizligiga
to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatuvchi mahsulotlar, majburiy sertifikatlashtirilishi
maksadga muvofik buladi, bunday mahsulotlar ruyxati Davlat tomonidan tasdiklanib, bu
ruyxatga kiritilmagan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |