Namangan muhandislik texnologiya instituti «energetika» kafedrasi «nazariy elektrotexnika»


Download 4.92 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi4.92 Kb.
#1637489
Bog'liq
19 маъруза

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

 

 NAMANGAN MUHANDISLIK TEXNOLOGIYA INSTITUTI

 

 «ENERGETIKA» kafedrasi

 

«NAZARIY ELEKTROTEXNIKA»

fani bo‘yicha

 

19 - M A ’ R U Z A MASHGʻULOTI

 

 

Mavzu: Nochizig‘iy elektrik va magnitaviy zanjirlar.

Tuzuvchi: Mo’minov X.A.

Reja:


Avtomatikaning elektromagnitaviy va elektron qurilmalari, telemexanikaviy hisoblash texnikasi va shunga o‘xshash texnika sohalari nochizig‘iy elektrik va magnitaviy zanjirlarga asoslangan. Tarkibida loaqal bitta nochizig‘iy elementi bo‘lgan zanjir nochizig‘iy zanjir deb ataladi. Qismlardagi tok va kuchlanish nochizig‘iy bog‘langan elementlar (rezistor, induktivlik yoki sig‘im) nochizig‘iy elementlar deb ataladi. Oldingi boblarda elementlari chizig‘iy zinjirlar ko‘rib chiqildi, bu zanjirlarning parametrlari ularga berilgan kuchlanishga (yoki undan o‘tayotgan tokka) bog‘liq emas edi. Kuchlanish bilan tok orasidagi bog‘lanishning chizig‘iyligi esa chizig‘iy zanjir elementlarining har qandayiga ushbu zanjirga nisbatan turg‘unlashgan va o‘tkinchi protsesslarni hisoblashda ustlash (superpozitsiya) prinsipini qo‘llash imkonini berar edi. Lekin chizig‘iy elektrik zanjirlarning mukammal nazariyasini yaratishga imkon bergan bu fundamental matematikaviy usul nochizig‘iy zanjirlarni hisoblash uchun mutlaqo yaroqsizdir. Gap shundaki, nochizig‘iy zanjirda nochizig‘iy elementlarning parametrlari zanjirga berilgan kuchlanish va toklarning kattaligiga bog‘liq.
1-rasm
Boshqariladigan nochizig‘iy elementlarga ko‘p elementli elektroniy (tril, tetrod va boshq.) fotoelektrik (fotoelementlar, fotodiodlar va boshq.) va h.k. asboblar, magnitlovchi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan nochizig‘iy induktivliklar va boshqalar kiradi.
Nochizig‘iy zanjirlarning asosiy xossalari va xususiyatlari
Nochizig‘iy elektrik va magnitaviy zanjirlarning chizig‘iy zanjirlardan asosiy farqi shundaki, elementlari chizig‘iy zanjirlarda energiya o‘zgarishining prinsipial erishib bo‘lmaydigan fizikaviy hodisalari va protsesslari sodir bo‘lishi mumkin. Elementlari nochizig‘iy zanjirlarning eng muhim xususiyatlari va ish rejimlari bilan tanishib chiqamiz.
Quvvatni kuchaytirish
Bunday effekt zanjiriga tokni rostlaydigan boshqariladigan nochizig‘iy elementni ulash yo‘li bilan erishiladi. Bunday nochizig‘iy elementning parametri tashqi manbadan beriladigan tok yoki kuchlanish bilan boshqariladi. Nochizig‘iy elementning ta’sir etuvchi boshqarish toki, odatda, asosiy (boshqariladigan) nagruzka tokidan yuz va hatto ming marta kichik bo‘ladi. Modomiki, boshqaruvchi zanjirdagi kuchlanish kichik bo‘larkan u holda boshqariladigan shu signalning quvvati asosiy manba energiyasi hisobiga kuchayishi o‘z-o‘zidan tushunarli. Quvvatni uch elektrodli elektroniy (triodlar) va va yarimo‘tkazgichli asboblar (tranzistorlar va h.k.) magnitlovchi o‘zgarmas induktivliklar va boshqalar yordamida kuchaytirish mumkin.
Download 4.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling