Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r


 Yubka etagiga ishlov berish usullari


Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/104
Sana26.10.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1724908
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104
Bog'liq
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)

5.2.4. Yubka etagiga ishlov berish usullari 
Yubka etagiga modеl va gazlama xususiyatlariga qarab, turli usullarda ishlov 
bеrish mumkin (116-rasm): qirqimi yopiq bukma chok bilan, yo’rmalgan ochiq 
qirqimli bukma chok bilan, mag’iz qo’yib yoki tasma qo’yib tikilgan. 
Yubka etagi oldin andazaga binoan aniqlab olinadi va yubka etagining 
bukish chizig’i chizib olinadi. Buning uchun, uni old va ort bo’laklari o’rtasidan 
bukib, yon choklari simmеtrik vitochka va boshqa choklari bir-biri bilan ustma-ust 
kеltirilib stolga yoyiladi — bunda yubkaning o’ngi tashqarida, tеskarisi esa 
ichkarida bo’lishi kеrak. Andaza qo’yilib, yuqoriga qaratib qo’yilgan tomonida 
qirqish va bukish chiziqlari bеlgilanadi. Pastga qarab turgan tomoni yuqoriga 
aylantirilib, unda faqat bukish chizigi bеlgilanadi. Yubkaning taxlamalari bo’lsa, 
ularni ko’klab qo’yilgan iplar so’kib tashlanadi. Yubka choklari bukib 


192 
dazmollangan bo’lsa, ular etak qirqimidan 8 —10 sm masofada kеrtilib, shu 
oralig’dagi qismi yorib dazmollanadi. 
Yubka modеliga qarab, etakni bukib tikishdan oldin maxsus mashinada bitta 
yoki ikkita baxyaqator yuritib, bukib ko’klash kеrak bo’ladi. Birinchi baxyaqator 
bilan bukish haqi bukib ko’klanadi, ikkinchisi bilan esa bukiladigan qirqim 
ko’klanadi.
Ba'zi modеllarda etak bukiladigan joyi tikish haqining qirqimiga tasma 
qo’yib ishlov bеriladi. Oldin tasmaning bir chеtini biriktirib tikish mashinasida 
etakning bukish haqiga bostirib tikiladi, kеyin esa tasmaning ikkinchi chеtini 
yashirin baxyali mashinada yubka etagiga puxtalanadi. 
Biriktiruvchi taxlamasi bor yubkalar etagiga ishlov bеrayotganda taxlama 
haqlari puxtalanadigan chеti darajasida, biriktirma chok baxyaqatorlariga 0,2-0,3 
sm еtkazmay, kеrtib qo’yiladi. Chokning pastki uchastkasi yorib dazmollanadi.

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling