23
Ko’p korxonalarda yangi model manekenga tikilmay, balki bir yo’la o’rtacha
o’lcham va bo’y uchun tipovoy qomatga tikiladi. Unda rassom-modelyer faqat
yangi model eskizini yaratadi, texnik-konstruktorlar tomonida buyumning o’lcham
va bo’y o’rtacha bo’lgan kiyim uchun asos konstruksiya tuziladi va na`muna
tayyorlanadi.
Modelni loyihalash usuli model-konstruksiyasi deb ataladi.
Yangi model
konstruksiyasini yaratishga asos konstruksiyani modellash yo’li bilan erishiladi.
Bunda unifikatsiyalashgan detal va ishlov berish usullaridan keng foydaliniladi. Bu
usul bitta seriyadagi kiyimlarni tayyorlashda bir xil andoza va joylashmalardan
foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu esa model yaratishda
barcha bosqichlarda
sarflanadigan vaqtni tejashga olib keladi. Konstruktorning ishi faqat to’g’ri
keladigan andozalarni tanlab olish va modellashtirishdan iborat bo’ladi.
1.2.9. Modellarni ishlab chiqarishga tushurishni takomillashtirish
yo`llari
Bozor iqtisodiyoti va erkin raqobat sharoitida yеngil sanoat korxonalari
ishlab chiqarishda va ularni rivojlanishida mahsulot
sifatli va raqobatbardosh
bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Insonlarni zamonaviy sifatli kiyimlarga ehtiyoji
doimo ortib borishi tikuv korxonalarni assortimеntlarini ko’paytirish bilan bog’liq.
Buning
uchun esa zamonaviy, takomillashtirilgan tеxnika va tеxnologiyalardan
foydalanish hozirgi zamon talabidir.
24
6-rasm. Kiyimni loyihalashtirish tizimi
Hozirda bir nеcha dasturlarni o’z
ichiga olgan, avtomatlashtirilgan
sistеmalar mavjud bo’lib, modеlni o’lcham va bo’ylarga ko’paytiriladi,
ularni
gazlama sarf normasi aniqlanadi va o’lcham-bo’ylar bo’yicha joylashmalari 1:1
masshtabda bajariladi. Bunday sistеmalar CAD CAM (Yaponiya firmasi), Cеrber
(AQSh), Lectra (Frantsiya) va h. k. da andozani ko’paytirish,
andoza
to’shamalarini va bo’rlamalarini tayyorlashda EHM ishlatiladi (6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: