Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r
Vertikal holatda kostyum yoqasini dazmol qiluvchi pressdan foydalanish
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)
Vertikal holatda kostyum yoqasini dazmol qiluvchi pressdan foydalanish
1. Asosiy kuchlanishni yoqish tugmachasi (12). 2. Qayta boshlash (10) tugmachasi. 3. Boshqaruv panelidan (13) mato turiga qarab programmani tanlanadi. 4. Kostyumni ravon qilib dazmol yostiqchasiga joylash va (2) ni yoqish. 5. (6) pedalni bir marta bosib old qisqich (11) ishga tushiriladi va kostyumni qisadi. Ikkinchi marta bosilganda (11) qisqich qaytadi. 6. (7) vaakum pedalini ikki marta bosish tugmachasi. 7. Boshlash tugmachasi (1) ni bosish bilan yuqori yostiqcha ishga tushadi va asosiy operasiya ishga tushadi. 8. (3) tugmachasini bosilganda old qismiga shakl berish yostiqchasi (14) ishga tushadi. 9. Xavo purkash uchun (5) pedalni bosiladi. 90 10. (8) pedalni bosib orqa yoqa (15) yostiqchasini aloxida ishga tushirish mumkin. Bosib turish jarayonida shakl beruvchi yostiq yopiladi. (8) pedalni qaytarganda shakl beruvchi ortga qaytadi. 11. Favqulodda xolat bo`lsa (4) va (9) tugmachasi bosiladi. 39-rasm. Vertikal holatda kostyum yoqasini dazmol qiluvchi press Texnika xavfsizligi yo`riqnomasi 1. Presslash joyidagi besaranjomlik xavf -xatarga olib keladi, uskuna va uning atrofini toza tutish kerak. 2. Presslash jarayonida yoki uni ta'mirlash paytida uskunada ko`rsatilgan extiyotkorlik choralari ko`riladi. (ogoxlantirish belgilarga amal qilish kerak) 3. Yaqin atrofda alanga oluvchi suyuqlik yoki gazlar bo`lsa uskunadan foydalanilmaydi. 91 4. Yetarli darajada malakaga ega bo`lmagan xodimlarni undan foydalanishga yo`l qo`yilmaydi. 5. Bu uskuna xavfsizlik qoidalariga muvofiq ravishda ishlab chiqarilgan. Shuning uchun ta'mirlash ishlariga faqat kuchli elektr mutaxassislarni jalb etiladi. Aks xolda operator xavf ostida qolishi mumkin. 6. Dastgox extiyot qismlari almashtirilganda faqat asl (original) extiyot qismlardan foydalaniladi. 7. Dastgox yongan faol ish paytida uni qarovsiz qoldirib bo`lmaydi. 8. Dastgoxni ta'mirlashdan oldin asosiy kuchlanish joyi (12) dan uni o`chirish kerak. Shuningdek bug` xam o`chgan xolatda bo`lishi shart. 9. Dastgoxni ximoya qapqoqlarisiz ishga tushirish mumkin emas. 10. Tozalov ishlarini amalga oshirganda dastgox mutlaqo o`chgan va dazmol qilish, ishlov berish joylari sovugan bo`lishi kerak. 11. Ishlash paytida e'tiborlik bo`lish, xarakatlanyapgan mexanizmga yaqin bormaslik kerak. 12. Dastgox o`ziga yarasha shovqin bilan ishlaydi, tebranishlar va radiasiya tarqatishlar kuzatilmaydi. Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling