Reja: Bug‘li issiqlik ta’minoti tizimlari


Download 366.98 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi366.98 Kb.
#1745881
Bog'liq
Bug‘li issiqlik ta’minoti tizimlari.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI 22 –BS GURUHI
ISSIQLIK TA’ MINOTI FANI.
B A J A R D I :Shavkatov SHarofiddin
TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

Bug‘li issiqlik ta’minoti tizimlari.

  • REJA:
  • 1. Bug‘li issiqlik ta’minoti tizimlari.
  • 2. Kondensat qaytadigan tizimlarda turar-joy .
  • 3. Kondensatni abonentga kirish tuginidan

  • chiqarish.
  • Bug‘li issiqlik ta’minoti tizimlari bir quvurli va ko‘p quvurli, yuqori va past bosimli, kondensat qaytuvchi va qaytmaydigan bo‘lishi mumkin. Isitish uskunalari bug‘ o‘tkazgichlarda ham bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan sxemalar orqali ulanadi: issiq suv ta’minoti uskunalari asosan bog‘liq bo‘lmagan sxema orqali, ya’ni yuzali va aralashuvchi turlardagi qizdirgichlar orqali ulanadi.

Kondensat qaytadigan tizimlarda turar-joy, jamoat binolarini va ishlab chiqarish
binolarini isitishda bug‘ sarfini sozlash (boshqarish) kranlarini qo‘l yordamida ochish va yopish orqali amalga oshiriladi.
Ventilyasiya, issiq suv ta’minoti va
texnologik aparatlarda bug‘ sarfi harorat sozlagich RT va miqdor sozlagich MS orqali avtomatik ravishda sozlab turadi.
  • Kondensatni abonentga kirish tuginidan chiqarib yuborishdanoldin isitish va issiq suv bilan ta’minlash tizimlaridan so‘ng kondensat ajratgich, kondensat

  • yig‘gich va kondensat nasoslari oldin o‘rnatiladi (II.8 rasm). Ventilyasiya va texnologik aparatlarda kondensat olib ketgichlaryoki har bir uskunadan so‘ng, yoki bir
    gurux uskunalardan so‘ng o‘rnatiladi.
  • Bir quvurli kondensat qaytadigan buhli tizim a) isitish bog‘liq sxema orqali ulanishi; b) isitish bog‘liq bo‘lmagan sxema orqali ulanishi; v) issiq suv bilan ta’minlash tizimi bo‘lmagan sxema orqali ulanishi; g) texnologik apparatlarni ulanishi.
  • Kondensat umumiy kondensat o‘tkazgich orqali qaytarilib uni diametri uzatuvchi bug‘ o‘tkazgich diametridan 3-5 marta kichik bo‘ladi. Agarda kondensatning bosimi issiqlik stansiyasiga

  • qaytarish uchun yetarli bo‘lmasa, u xolda
    kondensat yig‘gichdan kondensatni xaydash nasos yordamida tashkil etiladi. Bunday kondensat
    o‘tkazgichlar naporli deb yuritiladi. Kondensat qaytmaydigan tizimlar (II.9 rasm).
  • Kondensat qaytmaydigan tizimlar turar-joy hamda ishlab chiqarish korxonalarini isitish-ventilyasiya texnikasi va issiq suv ta’minoti tizimlarida kam qabul qilinadi. Bunday

  • tizimlarga issiqlik iste’molchilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi.
  • Isitish tizimidan chiqib hosil bo‘ladigan kondensat (II.9 chizma a, b) xo‘jalikda ishlatiladigan suv haroratigacha sovutilib, issiq suv ta’minotida to‘lig‘icha ishlatiladi. Dush xonalarda zarur bo‘ladigan issiq suvni tezda tayyorlashda sovuq suvni akkumulyatorlar xajmidaoqimli qizdirgich va injektorlarda bug‘ bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
  • Koorxonalarni issiq suv ta’minoti uchun kondensatdan

  • foydalanishda markazlashgan issiqlik ta’minotida issiqlik
    markazlarining past va o‘rta bosimidan foydalanish iqtisodiy
    jixatdan o‘zini oqlaydi. Kondensat qaytmaydigan issiqlik
    ta’minoti katta bo‘lmagan korxonalarda ruxsat etiladi,
    qachonki kondensat o‘tkazgichlarning katta tarmoqlanishga yoki ifloslangan kondensatni tozalash murakkabligi tufayli kondensatni yig‘ish va uni qaytarish maqsadga muvofiq emas.
  • Bug‘li issiqlik ta’minoti tizimlarida quvurlar soni korxonaning

  • ish faoliyati turiga, uning quvvatiga va mo‘ljallanishiga
    bog‘liq.
  • Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlash, yog‘ochni

  • quritish, betonni bo‘g‘lashva boshqa turdagi issiqlik
    yuklamasini fasliy birdan o‘zgaruvchan bo‘lganda ko‘p quvurli bug‘ o‘tkazgichlar qabul qilinadi.

U xolda ba’zi bug‘ o‘tkazgichlar bug‘ning o‘rtacha qiymatiga,
boshqasi, ya’ni zaxira bug‘ o‘tkazgichlar esa korxonaga
maksimal yuklama zarur bo‘lsaqo‘shimcha bug‘ berishga
mo‘ljallanadi. Korxona yozgi mavsumdan qishgi mavsumga
o‘tishda zaxira bug‘ o‘tkazgichlar ishga tushiriladi. Ko‘p
quvurli bug‘ o‘tkazgichlar bug‘ni g‘ar xil parametrlarda katta sarf bo‘lganda, ish faoliyatida uzliksiz bo‘lganida va ishlab chiqarishni avariya xolatisizligini ta’minlashda aloxida- aloxida bug‘ uzatish qabul qilinadi.
Kondensat yig‘ish va qaytarish ochiq va yopiq sxemalar orqali amalga oshiriladi.
Download 366.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling