Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)
3.1.2. Mayda detallarga ishlov berish
Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish jarayonida ya`ni buyumni tayyor xolatiga keltirish uchun dastlab buyumning mayda detallariga ishlov berish usullari amalga oshiriladi. Ustki kiyimni tikishda cho`ntak, yoqa, cho`ntak xalta, ischki cho`ntaklar, bortovka kabi mayda detallarga dastlab ishlov beriladi. Tikuv ishlab chiqarish jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi: tayyorlov yig`uv va pardozlash bo`limlari. Tayyorlov bo`limida tayyorlanayotgan buyumning mayda detallariga ishlov berish ishlari nazarda tutiladi. Yig`uv bo`limida esa tayyorlanayotgan buyumning asosiy detallariga mayda tayyorlangan detallarni biriktirish ishlarini bajarish vazifasi qo`yiladi. Yakuniy qismi ya`ni 113 pardozlash bo`limida tayyor bo`lgan buyumga yakunlovchi pardoz ishlarini amalga oshirish talablari qo`yiladi. Kiyim mayda detallariga kamar tutgichlar, belbog`lar, xlyastiklar, pogonlar, cho`ntak qopqoqlar kiradi. Bezak detallari turli xil biriktiruvchi, qo`yma ag`darma, mag`iz choklar bilan tikiladi. Bu detallar qotirmali qotirmasiz bo`lishi mumkin. Tayyor holda bu detallar berilgan shaklni yaxshi saqlashi, juft detallari simmetrik bo`lishi, ag`darma chok bilan tikilganda avra gazlamadan kant hosil qilishi kerak. Kamartutgich tayyorlash: dastavval davomli uzunlikda bo`lgan gazlamaga lentasimon qotirma biriktirib tikiladi (50-rasm). 50-rasm. Kamartutgich tayyorlash jarayoni 51-rasm. Bel poyasini tayyorlanish jarayoni 114 Bel poyasini tayyorlash: bel poyasiga flezilin yopishtiriladi, kantovka tikiladi. Kantovka tortilganda dazmollaniladi, shim asosiy detalga tikiladi (51- rasm) Yelka yostiqchasini tayyorlash: Yeng yuqori qirqimini ko`tarish uchun yelka yostiqchasi tayyorlanadi. Pidjak yelka qirqimiga biriktirib tikiladi. Yelka yostiqchasi yeng o`mizi cheti shaklini yaxshi saqlash vazifasini bajaradi (52-rasm) 52-rasm.Yelka yostiqchasi.Yeng o`miz cheti shaklini saqlash qirqimlari Bartovka tayyorlash: Bo`rt qotirmasiga yamoq solinadi va siniq chok bilan biriktirib tikisladi (yamoqning asosiy vasifasi - yelkani kengaytirishdan iborat). Yamoq solingan joydan qotirma, qotirma ustidan esa noto`qima material (beyka) qo`yiladi. Bo`rt qotirmasining ya`ni bo`rtovkani ustiga qo`yilgan qatlamlarni uchta siniq chok bilan bostirib tikiladi. Birinchi chok bo`rt qotirmasining markazidan, ikkinchi chok yeng o`mizi bo`lak chetki qirqimidan, uchunchi chok esa old bo`lak yon qirqimiga yelimli lentani yelimli tamoni yuqoriga, yelimsiz tomoni bartovkaga siniq chok yordamida biriktirib tikiladi. Ko`krak cho`ntakni tayyorlash. Gazlama teskari tomoniga tayyor qotirma shabloni yopishtiriladi. Shablonda belgilangan uzuq chiziq o`rtasiga yelimli lentani dazmolda issiqlik yordamida yopishtiriladi. Shablonda belgilangan burchakni dazmollash orqali listochka shaklini xosil qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling