Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r


-rasm. BROTHER S 7100 A-403 tikuv mashinasining ko`rinishi 122


Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/104
Sana26.10.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1724908
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104
Bog'liq
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)

 
58-rasm. BROTHER S 7100 A-403 tikuv mashinasining ko`rinishi


122 
 
59-rasm. KANSAL NW 2202 G tikuv mashinasining ko`rinishi
3.1.4. 
Asosiy detallarga qotirma yopishtirish 
Ustki kiyim ya`ni erkaklar pidjagining old bo`lak yelkasiga lentasimon 
qotirma, yoqa o`rniga yoqa shaklida bichilgan yelimli qotirma, yeng o`mizi uchun 
mo`ljalab bichilgan qotirmalar yopishtirib chiqiladi. Asosan qotirmalar old bo`lak, 
cho`ntak qopqoqqa dublirin yopishtiriladi. Old bo`lak yon detali (bachogi) yeng 
boshi va yeng uchiga, ort bo`lak yelka va etak qirqimlari hamda old bo`lak 
mag`izlariga flezilin qotirmasi yopishtiriladi. Adipga, old bo`lak yoqa stoykasiga 
dublyaj yopishtiriladi. Cho`ntak qopqoq o`rnatish joyi tayyor bo`lgach dublyaj 
bilan yopiladi.
Bort qotirmasida tanda ipi bort qirqimiga tik yo’nalishda yoki adip 
qaytarmasi bukilish chizig’iga parallel bo’ladi. Gazlama kamroq ketishi uchun bort 
qotirmasi bo’ksa chizig’idan pastroqda uloq soladigan qilib bichilishi mumkin. 
Bort qotirmasini old bo’lak shakliga moslab, lekin ishlov berishni va gazlama 
kirishishini hisobga olib, adip qaytarma bo’ylab 1,2-1,5 sm, yeng o’mizi, yoqa 
o’mizi bo’ylab va yelka qirqimi bo’ylab 0,8-1,0 sm keng qilib bichiladi. 
Ostki yoqa qotirmasi ikki qismdan iborat qilib bichiladi: tanda ipi ostki 
yoqada qanday bo’lsa, shunday yo’nalishda bo’lishi kerak. Qotirmaning hamma 


123 
tomonining o’lchami ostki yoqaga nisbatan ishlov berishga va kirishishga 
keragicha (0,7-1,0 sm) kengroq bo’lishi kerak. 
Yelka tagligi bort qotirmasi yuqori qismining shaklida tanda ipini yelka 
qirqimiga nisbatan burchak hosil qilib bichiladi.
Ust kiyim bo’laklarini gazlamaga joylash va bichish 3 bosqichda bajariladi: 
- avra bo’laklarini bichish; 
- astar bo’laklarini bichish; 
- qotirma bo’laklarini bichish. 

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling