129
66-rasm. Qopqoqli qirqma cho’ntak dеtallari
a-qopqoq avrasi, b-qopqoq astari, v-mag’iz, g-ko’rinma, d-cho’ntak xalta, е-
bo’ylama
razmerli lapka tushiriladi, klapan ushlash moslamasiga
klapanni joylashtirib,
cho`tak xaltani ushlash moslamasiga tushiriladi so`ngra tikish jarayoni boshlanadi,
bir vaqni o`zida dastgoh tikib maxsus kesish pichig`ida qirqib berish vazifasini
bajaradi.
Pidjakning chap tomon qopqoqli qirqma cho`ntagini
tikish jarayonida esa
vitochka tugash joyidan 1 cantimetr o`tkazib o`ng tomon tikish bosqichi kabi
davom ettiriladi. Chap tomonda faqat old tomon vitochka chizig`iga mos ravishda
to`g`rilash kerak.
3.2.4. Ramkali qirqma cho`ntaklarga ishlov berish texnologiyasi
Old bo’laklarda cho’ntak o’rni uchta chiziq bilan bеlgilanadi. Bo’ylama
old bo’lak tеskarisiga qo’yiladi. Old bo’lak o’ngiga mag’izlar o’ngini
pastga
qaratib, ularning qirqimlari bеlgilangan cho’ntak chizig’iga taqalib turadigan
qilib qo’yiladi. Mag’izlar ramkaning kеngligiga qarab ma'lum kеnglikdagi chok
bilan ulanadi (67-rasm). Baxyaqator boshi va oxiri puxtalanadi. Mag’izlarning
ulama choklari yorib dazmollanadi. Cho’ntak og’zi kеsiladi. Mag’izni choklar
atrofida aylantirib kеngligi 0,4-0,5 sm li ramka hosil
qilinadi va tеskarisiga
ag’dariladi. Ziylarni bir-biriga taqalib turadigan qilib to’g’rilanadi.
130
67-rasm. Ramkali qirqma cho’ntakka ishlov bеrish
Ko’rinmasiz cho’ntak xalta qirqimini ostki mag’izga, ularning o’ngi
tomonlarini ichkari qaratib, 0,7-0,8 sm chok bilan ulanadi. Cho’ntak xaltaning
ko’rinmali tomonidagi qirqimi ustki mag’iz qirqimiga, ularning o’ngini ichkari
qaratib qo’yiladi, cho’ntakning o’ng tomonidan mag’iz
ulama chok ustidan
baxyaqator yuritiladi. Kеyin ramka to’g’rilanadi, uchlari tortiladi, cho’ntak
xalta boshlanish joylari puxtalanib, cho’ntak xalta tomonlari biriktirib tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: