Namangan muhandistlik-tehnologiya instituti " iqtisodiyot" kafedrasi mustaqil ish


Download 38.76 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi38.76 Kb.
#1253041
  1   2   3
Bog'liq
MUSTAQIL ISH QOSIMJONOVA MUHAYYOHON


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEHNOLOGIYA INSTITUTI

“ IQTISODIYOT“ KAFEDRASI

MUSTAQIL ISH



MAVZU; BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISH DAVRINING ASOSIY BELGILARI VA MILLIY MODELLARI


FAN; IQTISODIYOT NAZARIYASI
BAJARDI; QOSIMJONOVA MUHAYYOHON
QABUL QILUVCHI; JURABAYEVA SHOHIDAHON

BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISH DAVRI UNING ASOSIY BELGILARI VA MILLIY MODELLARI


REJA

1. Kirish


2. O‘tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari
3. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari
4. O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo‘nalishlari
5. Xulosalar
6. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Tarixdan bizga ma’lumki bir-biridan keskin farq qiladigan bir tizimdan ikkinchisiga o‘tish jarayoni ma’lum o‘tish davrini taqozo qiladi.
Shuningdek, markazlashgan ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan
iqtisodiyotdan voz kechib, bozor munosabatlarini shakllantirishda ham
maxsus o‘tish davri zarur bo‘lib, bu davming mazmuni va asosiy belgilarini o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu bobda o‘tish
davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari bayon
qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirishning mazmuni, maqsadi va asosiy yo‘naIishlari ko‘rsatib beriladi. Bozor munosabatlariga o‘tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirishi, keng ko‘lamli islohotlar va modemizatsiyalashni amalga oshirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish kabi strategik vazifalami amalga oshirish yo'llari tahlil qilinadi.
O‘tish davrining
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimovning bevosita tashabbusi va rahbarligida har
tomonlama puxta o‘ylab ishlab chiqilgan taraqqiyotning “O‘zbek
modeli”ni izchil amalga oshirish orqali iqtisodiyotimiz misli
ko‘rilmagan katta muvaffaqiyat va natijalarga erishdi. Jumladan,
mustaqillik yillarida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo‘lib qolgan bir tomonlama xomashyo ishlab chiqarish bo‘yicha rivojlanish, paxta yakkahokimligi va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanatlik va mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari
vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Soliq, byudjet va tashqi iqtisodiy
faoliyat sohalarida, bank tizimi faoliyatida mustahkam barqarorlik,
davlat qarzini nisbatan past darajada ushlab turish ta’minlanib mamlakatimizning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuqori darajaga
ko‘tarishga erishilmoqda.

Download 38.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling